25 may 12:20
Yangiliklar
Boks/MMA

Usman birgina holatda Masvidalga uchinchi jangni beradi
Yarim o'rta vazn toifasida UFC chempioni Kamaru Usman Xorxe Masvidal bilan uchinchi jangga tayyor.
"Men Masvidal bilan uchinchi jangni o'tkazish haqida o'ylab ko'rdim. Agar u qaytib, hammasini to'g'ri qilsa, men unga imkoniyat beraman. Buning uchun u bir necha top darajadagi jangchilarni mag'lub etishi shart. Balki, o'sha kuni uning omadsiz kuni bo'lgandir. Men unga uchinchi urinishda baxtli bo'lish imkoniyatini beraman", - dedi Usman.
Eslatib o'tamiz, Kamaru Usman va Xorxe Masvidal shu paytga qadar ikki marta to'qnash kelishgan. Ularning ikkalasida ham Usmanning qo'li baland kelgan.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar