21 apr 08:26
Yangiliklar
Boks/MMA

Usman - Makgregor jangi tashkil etilishi mumkin. Buning uchun Edvardsga katta gonorar berishmoqchi
Xabaringiz bor, yarimo'rta vazn toifasida UFC chempioni Kamaru Usman navbatdagi jangini Leon Edvardsga qarshi o'tkazishi lozim.
Biroq UFC rahbariyati Konor Makgregor foydasi uchun bu jangdan voz kechmoqchi. Bu haqida o'rta vazn toifasida sobiq UFC kamari sohibi CHel Sonnen malum qildi.
«Menga Leonga Kamaru Usman bilan jang uchun unga kelishilgan g'alaba uchun gonorar va bonusni to'lash taklif qilinganini aytishdi. Ular Leoni chetga chiqishini istashmoqda. U chempionlik jangiga loyiq, biroq UFC'ning maqsadi yozda Usman — Konor jangini tashkil etish»,-dedi Sonnen.
Havola :
Manba : MMA Fighting
Fikrlar