26 may 13:33
Yangiliklar
Boks/MMA

Usman Nurmagomedov "Amerika orzusi" bilan suratga tushdi. Xabib bunga munosabat bildirdi
MMA bo'yicha rossiyalik jangchi, Xabib Nurmagomedovning amakivachchasi Usman Nurmagomedov o'zining Insatgramida yangi fotosurat elon qildi. Rasmda San-Xose shahridagi (Kaliforniya, AQSH) AKA sport zali oldida turgan sportchi tasvirlangan.
"Qisqasi, mening Amerika orzuyim amalga oshdi",-deya izoh qoldirdi sportchi.
"Ishlash va yana ishlash kerak",-deb javob qildi Xabib Instagramdagi "storis"ida.
23 yoshli Usman Nurmagomedov Bellator promoushnida faoliyat yuritmoqda. Aprel oyida u amerikalik Mayk Xemilni mag'lub etdi. Usman 12 ta jangining barchasida g'olib bo'lgan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar