08 fev 11:18
Yangiliklar
Boks/MMA
Usman Nurmagomedov chempionlik kamarini himoya qildi
BAAning Dubay shahrida PFL Championship Series 5 turniri bo'lib o'tdi.
Oqshomning asosiy jangi engil vazn toifasida o'tkazilib, unda Usman Nurmagomedov o'ziga tegishli PFL chempionlik kamarini angliyalik Elfi Devisdan himoya qildi. Ikki raund davomida Usman oktagonda hukmronlik qildi. Devisning zarbalari ham ancha xavfli bo'ldi.
Uchinchi raund yakunlanishini arafasida Nurmagomedov raqibini parterga tushirdi va bo'g'ish usuli evaziga g'alaba qozondi. Devis bu vaziyatda uxlab qoldi va referi darhol jangni to'xtatdi.
SHu tariqa, Usman Nurmagomedovning g'alabalari 21 taga (15 tasi muddatidan avval) etdi. Uning ishtirokidagi bitta jang o'tkazilmagan deya topilgan.

Havola :
Manba : allboxing
Fikrlar