So’nggi yangiliklar

15:02Шилдс рекорд даражадаги шартнома имзолади, у 2026 йилда рингга қайтади 0 14:41Майами мэри Мессига шаҳар калитини топширди 0 14:20Новак Жокович Афина турнири бош совринини кўзламоқда 0 13:59Баҳодир Жалолов IBF'нинг янгиланган рейтингида кўтарилди 0 13:38Артур Бетербиевнинг Top Rank промоутерлик компанияси билан ҳамкорлиги якунланди 0 13:17EЧЛ. 4-турдан сўнг чемпионлик учун даъвогарлар рейтинги янгиланди 0 12:56WTA Finals. Жессика Пегула 1/2 финалга йўл олди 0 12:35Янгиланган "Ҳумо" Ўзбекистон Очиқ чемпионатидаги илк учрашувини ўтказди 0 12:14Ислом Бирдамлик ўйинлари. Уч боксчимизнинг икки нафарида ғалаба 0 11:53"Реал"нинг асосий футболчиси жароҳат олди 0 11:32Сергей Фомин Баҳрайн турнирида 1/4 финал иштирокчисига айланди 0 11:11Хабиб Доғистонда Ислам Махачев номидаги кўча пайдо бўлганига муносабат билдирди 0 10:50Тўрт шахматчимизнинг бари Жаҳон кубогининг учинчи босқичига чиқди 0 10:29Роналду Рунининг Мессини ундан яхшироқ деган гапига жавоб қайтарди 0 10:08Muradov Legion Team жамоаси аъзоси Octagon 81 турнирида жанг қилади 0

19 okt 16:03
Yangiliklar

Boks/MMA

Usman Nurmagomedov potencial raqiblariga murojaat qildi

Engil vaznda amaldagi Bellator chempioni Usman Nurmagomedov davogarlik jangida oktagonga chiqadigan raqiblariga yuzlandi.

Amerikalik Ey Jey MakKi hamda irlandiyalik Pol Xyuz o'rtasidagi jang g'olibi Usman Nurmagomedovning chempionlik kamari uchun davogarga aylanadi.

"Yigitlar, ikkalangizga ham omad yor bo'lsin! Men eng zo'ri bilan jang qilishni istayman. Raqib Ey Jeymi bo'ladimi yoki Xyuz, ochig'i menga buning farqi yo'q", - deya o'zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida xabar qoldirgan rossiyalik chempion. 

Eslatib o'tamiz, Ey Jey MakKi va Pol Xyuz o'rtasidagi jang bugun Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyod shahrida tashkil etiladigan "PFL gigantlari to'qnashuvi" turniri doirasida bo'lib o'tadi. 

Ey Jey MakKi 4 ta g'alabali seriya bilan kelmoqda. U o'zining so'nggi jangida Kley Kollardni birinchi raundning o'zida mag'lub etgandi. Pol Xyuz esa shu yilning iyun oyida Bellator ligasida muvaffaqiyatli debyut qilgan edi. Pol ikkinchi raundda Bobbi Kingni texnik nokaut evaziga mag'lubiyatga uchratgandi. Irlandiyalik bu jangiga qadar Cage Warriors ligasida ketma-ket 5 ta jangda zafar quchgan.

Usman Nurmagomedov esa sentyabr oyida vatandoshi Aleksandr SHabliyni ochkolar hisobiga ko'ra mag'lub etib, chempionlik kamarini muvaffaqiyatli tarzda himoya qilgandi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing