27 apr 09:10
Yangiliklar
Usman Nurmagomedovning qachon UFC’ga o'tishi haqida gapirildi
Nurmagomedovlarning yana biri shu yilning o'zida UFC safiga qo'shilishi mumkin. Bu haqda rossiyalik jangchi jamoasi vakili SHamil Zavurov "Ushatayka" kanaliga bergan intervyusida malum qildi.
"Umid qilamizki, Usman tez orada UFC`ga yo'l oladi, lekin avval u PFLdagi shartnomasini yakunlashi kerak. Yozda uning shartnomasi bo'yicha so'nggi jang bo'ladi. SHundan so'ng muzokaralar boshlanadi. Uning xohishi bor, hammamizning istagimiz bor. Hammamiz tushunamizki, UFC birinchi raqamli Liga hisoblanadi, har doim shunga intilish kerak. Hammasi qanday bo'lishini oldindan ayta olmaymiz, lekin shunday rejalar bor", - dedi Zavurov.
Malumotlarga ko'ra, Usman Nurmagomedov shu yilning iyul oyida amerikalik Archi Kolganga qarshi chempionlik kamarini himoya qiladi. Lekin hozircha ushbu jang rasman elon qilinmagan.

Fikrlar