12 fev 09:07
Yangiliklar

Usman qancha pul evaziga Adesanya bilan jang qilishga tayyorligini malum qildi
"Men allaqachon aytganman, Israel Adesanya chempion, meni o'rta vazn qiziqtirmaydi. Agar, Dana Uayt biz bilan ko'rishib, bizga 100 million dollar taklif qilsa, Adesanya bilan bu haqida gaplashib, bir-birimizga "Hoy, kel shu pullarni ishlab olaylik" deymiz", — Usmanning so'zlarini keltiradi BJ Penn.
Yanvar oyida Uayt Usmanning navbatdagi raqibi asli kelib chiqishi yamaykalik bo'lgan britaniyalik jangchi Leon Edvards bo'lishini xabar qilgan edi. Keyinroq esa Uayt Usman va Yan Blaxovich o'rtasida jang tashkillashtirish g'oyasini ilgari surgandi. Kamaru shu kungacha MMAda 21 ta jang o'tkazib, ularning 20 tasida g'alaba qozongan va bir jangda mag'lub bo'lgan.
Adesanyaga keyingi jangida Robert Uittaker raqiblik qiladi. Jang ertaga o'tkaziladi. Adesanya va Uittaker o'rtasidagi ilk jang 2019 yil oktyabrida tashkil etilgan, unda Israel ikkinchi raundda nokaut evaziga g'olib bo'lgan.
O'tgan yilning mart oyida Adesanya Blaxovich bilan yarimog'ir vazn chempionligi uchun jangda qatnashib, mag'lub bo'ldi. Keyinroq esa u bu vaznda boshqa jang qilmasligini malum qildi.
Fikrlar