14 fev 10:47
Yangiliklar
Boks/MMA
Usman UFC`dan haydaldi
Yana bir taniqli aralash yakkakurash ustasi dunyoning eng kuchli Ligasi rosteridan chiqarildi.
Nigeriyalik og'ir vazn toifasi vakili Muhammad Usman ortiq UFC jangchisi emas. Yanvar oyida Usman testosteron uchun ijobiy doping-test sabab 30 oyga chetlatilgan edi. SHuningdek, unda taqiqlangan peptid BPC-157 moddasi aniqlangandi. Afrikalik sportchining doping tahlili ijobiy chiqqani uning braziliyalik Valter Uoker bilan rejalashtirilgan jangi bekor qilinishiga sabab bo'ldi.
Umuman olganda, 36 yoshli Muhammad Usman UFC ligasida 4 ta g'alaba va 2 ta mag'lubiyat qayd etgan. U sobiq UFC chempioni Kamaru Usmanning tug'ishgan ukasi hisoblanadi.

Havola :
Manba : allboxing
Fikrlar