27 fev 11:05
Yangiliklar
Boks/MMA
Usman UFC’ga Maxachev bilan jangni taklif qilganini aytdi, lekin...
UFC sobiq chempioni Kamaru Usman liga rahbariyati bilan bo'lgan muzokaralar haqida so'zlab berdi.
38 yoshli jangchi UFC kamari sohibi rossiyalik Islam Maxachev bilan jang o'tkazishni taklif qilgan, ammo rad javobini olgan.
"Islam bilan jang — men istagan va nafaqat men, nafaqat u, balki butun tashkilot uchun ajoyib bo'lardi, deb o'ylagan jang edi. Suhbatlar bo'ldi, ammo Xanter Kempbell boshqacha o'ylaydi. U “yo'q, boshqa yo'ldan boramiz” dedi.
Menga boshqa variantlar ham taklif qilindi, masalan Drikus dyu Plessi bilan jang. Menga raqib nomi aytilsa, odatda rozi bo'laman. Ammo bu jang manoli bo'lishi kerak — agar u meni kamarga olib borsa, aynan shuni istayman", — dedi Usman.
Havola :
Manba : MMA Junkie
Fikrlar