So’nggi yangiliklar

19:52Ковингтон RAF турнирида Махачевга кураш таклиф қилди 0 19:02Жиддий тўқнашувда қатнашган "Тенерифе" футболчиси вафот этди 0 18:18Жонни Уокер укаси Вальтер билан жанг қилмаслигини айтди 0 17:26Жалгасбай Бердимуратов PWL Moscow турнирида иштирок этади 0 16:38Уиттакер Гусковга қарши жангда шоу ваъда қилди 0 16:01WBA рейтинги янгиланди: Икки ҳамюртимиз пешқадам, иккиси эса рейтингдан чиқиб кетди 0 15:52"Реал" АПЛдан Куртуага ўринбосар топди 0 15:00Дакар-2026: Муҳаммадисмоил Раҳмоновнинг медали Ўзбекистон сузиш спорти учун тарихий ҳисобланади 0 14:05Уайлдер кейинги жангини Гассиевга қарши ўтказиш бўйича музокара олиб боряпти 0 13:12Дакар-2026'да бугун тўрт нафар ўзбекистонлик спортчи баҳсга киришади 0 12:45Осиё Кубоги-2027 муддати қолдирилди: турнир қачон ўтказилади? 0 12:01Субханкулов ва Круз IBF камари учун жанг қилади 0 11:07Карлос Пратес: "Махачевга икки баробар кучлироқ зарба бераман, сабоқ олсин" 0 10:36Жон Маккарти Мойкано - Нолан жангидаги ҳакамнинг ҳаракатларига баҳо берди 0 10:05Sofascore. "Нефтчи" ва "Пахтакор" футболчилари кечаги учрашувлар учун неча баҳога лойиқ кўрилди? 0

01 fev 08:49
Yangiliklar

Sport kurashlari

UWW 2022 yilgi xalqaro musobaqalar taqvimni tasdiqladi

Teglar :  UWWSport kurashlari
Birlashgan Kurash dunyosi (UWW) 2022 yilgi reyting musobaqalarining kichik o'zgartirish kiritilgan taqvimini elon qildi.

Unga ko'ra, 4-7 fevral kunlari Italiya poytaxti Rim shahrida o'tkazilishi rejalashtirilgan "Matteo Pellikone" reyting turniri koronavirusning "omikron" shtami sabab boshqa muddatga ko'chirildi. Endi ushbu turnir 22-25 iyun kunlari o'tkaziladi va yilning uchinchi reyting musobaqasiga aylanadi. Italiya hukumati keng tarqalayotgan "omikron" sabab turnirni belgilangan muddatda o'tkazmaslikka qaror qilgan. 

Bu yilgi mavsumning birinchi reyting turniri esa 24-27 fevral kunlari Turkiyaning Istanbul shahrida tashkil etiladi. Ushbu "Yashar Dogu" musobaqasida erkin va yunon-rum kurashi bo'yicha O'zbekiston terma jamoalari ham qatnashadi. 

Yilning ikkinchi reyting turniri 2-5 iyun kunlari Qozog'istonning Almati shahrida o'tkazilishi rejalashtirilgan. Reyting seriyasiga kiruvchi xalqaro turnirlarni 14-17 iyul kunlari Tunis turniri yakunlab beradi. 

Takidlash joiz, reyting ochkolarni hisoblash tizimida ham kichik o'zgarishlar kuzatildi. Ballar odatdagidek Olimpiada, jahon va qitaviy chempionatlar, reyting turnirlaridagi ishtirok uchun taqdim etiladi. Yangi o'zgarish bo'yicha endi barcha turnirlar emas, aksincha kurashchilarning yil davomida o'tkaziladigan turnirlardagi eng yaxshi to'rtta natija ochkolari hisoblanadi. 

SHuningdek, endi qura jarayonida avvalgidek to'rt nafar emas, reytingi yuqori sakkiz kurashchi turnir setkasi etakchilari sifatida qo'yiladi. Yil yakunida reyting ochkolari hisoblanib, har bir vazn toifasining eng yaxshilari elon qilinadi va pul mukofoti taqdim etiladi. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing