So’nggi yangiliklar

18:56Диёра Келдиёрова Словенияда машғулотларга киришди + ФОТО 0 18:28ОФК хулосаси: Ўзбекистон ЖЧда қандай ўйнади? 0 18:01Тарихий ютуқ: Жаҳон чемпионатида икки нафар ўзбекистонлик чавандоз иштирок этади 0 17:24Лайма Владсон Лейпцигдаги турнирнинг асосий тўрига йўл олди 0 16:50UFC рейтинги янгиланди. Нурсултон Рўзибоев ва Богдан Гусковнинг ўринларида ўзгариш рўй берди 0 16:19Винисиус “Арсенал” билан боғлиқ миш-мишлар фонида “Реал” қароргоҳига етиб келди 0 15:53Тошкент IBSA World Games 2027 комплекс мусобақасига мезбонлик қилади 0 15:22Рамазон Темиров қатнашиши кутилаётган турнирнинг асосий баҳси Забит иштирокида кечади + ПОСТЕР 0 14:57"Худди уни кимдир назорат қилаётгандек". Махачев Иан Гаррини танқид қилди 0 14:31100 миллион камми? “Ливерпуль” Франция терма жамоаси аъзоси учун курашмоқда 0 14:06Ислам Махачев бокс қоидалари бўйича жанг ўтказиш таклифига жавоб қайтарди 0 13:24Жошуа — Фьюри жанги Буюк Британияда эмас, бошқа жойда ўтказилиши мумкин 0 12:45"Кимдир ёлғон хабар тарқатибди" - Ислам Махачев 0 12:00"Декабргача ҳали вақт бор". Неймар фаолиятини якунлаши ҳақида фикр билдирди 0 11:29Рой Жонснинг шогирди Бектемир Мелиқўзиевни яна жангга чорлади 0

11 iyu 19:14
Yangiliklar

Sport kurashlari

UWW katta saylovlar arafasida

Teglar :  UWWSport kurashlari
Joriy yilning sentyabr oyida Birlashgan kurash dunyosi (UWW) olamida sezilarli o'zgarishlar ro'y beradi.

Bu birinchi galda saylovlar bilan bog'liq holat. Birlashgan kurash dunyosining navbatdan tashqari Kongressida UWW prezidentligi hamda Byurosi uchun saylovlar o'tkaziladi. Koronavirus pandemiyasi bilan bog'liq vaziyatni inobatga olgan holda saylovlarning o'tkazilish tartibi avvalgilaridan farq qiladi. Avgust oyida saylov reglamenti hamda mavsumning qolgan qismi uchun taqvim ham tasdiqlanadi. 

UWWda jami ettita lavozim uchun saylov o'tkaziladi: UWW prezidenti hamda Byuro azoligi uchun 6 o'rin. Ayni paytda UWW prezidentligi uchun yagona nomzod bor - amladagi tashkilot rahbari Nenad Lalovich. UWW prezidenti 6 yilga saylanadi. 

Byurodagi o'rinlar uchun 14 davogar bo'lib, ulardan 5 nafari amaldagi azolar hisoblanadi: Mixail Mamiashvili (Rossiya), Marina Di Bussolo Pellikone (Italiya), Axroljon Ro'ziev (O'zbekiston), Pedro Gama Filyu (Braziliya) va Fuat Meskut (Marokash). SHuningdek, 6 o'ringa Dina Xarenko (Ukraina), Hamid Sorian (Eron), Luchio Kaneva (Italiya), Edisher Machaidze (Gruziya), Don Rayan (Kanada), Daniel Igali (Nigeriya), Jonni Zambrano (Ekvador), Marko Korpela (Finlyandiya) va Yan Karsnak (Slovakiya) kurash olib boradi. 

Malumot uchun, Birlashgan kurash dunyosining Evropa qo'mitasi rahbari Ceno Cenov yaqinda vafot etgan edi. UWW-Evropa rahbarligini vaqtincha greciyalik Teodoros Xamakos bajarib turibdi. U bu lavozimda 2021 yil o'tkaziladigan Evropa chempionati doirasidagi Assambleyagacha faoliyat yuritadi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing