So’nggi yangiliklar

19:52Ковингтон RAF турнирида Махачевга кураш таклиф қилди 0 19:02Жиддий тўқнашувда қатнашган "Тенерифе" футболчиси вафот этди 0 18:18Жонни Уокер укаси Вальтер билан жанг қилмаслигини айтди 0 17:26Жалгасбай Бердимуратов PWL Moscow турнирида иштирок этади 0 16:38Уиттакер Гусковга қарши жангда шоу ваъда қилди 0 16:01WBA рейтинги янгиланди: Икки ҳамюртимиз пешқадам, иккиси эса рейтингдан чиқиб кетди 0 15:52"Реал" АПЛдан Куртуага ўринбосар топди 0 15:00Дакар-2026: Муҳаммадисмоил Раҳмоновнинг медали Ўзбекистон сузиш спорти учун тарихий ҳисобланади 0 14:05Уайлдер кейинги жангини Гассиевга қарши ўтказиш бўйича музокара олиб боряпти 0 13:12Дакар-2026'да бугун тўрт нафар ўзбекистонлик спортчи баҳсга киришади 0 12:45Осиё Кубоги-2027 муддати қолдирилди: турнир қачон ўтказилади? 0 12:01Субханкулов ва Круз IBF камари учун жанг қилади 0 11:07Карлос Пратес: "Махачевга икки баробар кучлироқ зарба бераман, сабоқ олсин" 0 10:36Жон Маккарти Мойкано - Нолан жангидаги ҳакамнинг ҳаракатларига баҳо берди 0 10:05Sofascore. "Нефтчи" ва "Пахтакор" футболчилари кечаги учрашувлар учун неча баҳога лойиқ кўрилди? 0

12 iyu 20:09
Yangiliklar

Sport kurashlari

UWW onlayn-konferenciya o'tkazdi, unda Jahon chempionati masalasi ko'rildi

Birlashgan kurash dunyosi (UWW)ning navbatdagi onlayn-konferenciyasi bo'lib o'tdi.

Unda asosan yil so'nggiga qadar jahon chempionati va boshqa musobaqalarni o'tkazish imkoniyatlari muhokama qilindi. Tokio Olimpiadasining 2021 yilga qoldirilishi natijasida dunyo sport kurashlari ommasida tabiiy savol tug'ildi: nima uchun shu yilning o'zida jahon chempionatini o'tkazish mumkin emas? 

Videoonlayn-konferenciyada UWW rahbariyati ayni mana shu savolni ko'rib chiqdi. Konferenciyaga UWW prezidenti Nenad Lalovich boshchilik qildi. Jahon chempionati masalasi muhokamaga qo'yildi. Lekin hammaning fikri ham bir joydan chiqmadi. 

Masalan, Rossiya sport kurashlari Federaciyasi prezidenti Mixail Mamiashvili yil so'nggiga qadar jahon chempionatini o'tkazish tarafdori bo'ldi. Ammo, Mamiashvilining fikri boshqalar tomonidan qo'llab-quvvatlanmadi. Uning so'zlariga ayniqsa Eron federaciyasi vakili Aliakbar Dodange jiddiy tarzda qarshi chiqdi. U jumladan, shunday dedi: 

"Ayni paytda bizning klublarimiz yopilgan. Hech kim ularning qachon ochilishini ham ayta olmaydi. Vaholanki, o'quv-mashg'ulot yig'inlari, jahon chempionatiga ichki saralash musobaqasini o'tkazish kerak. Ertami, kech, bizga shug'ullanish uchun ruxsat berishadi. Lekin biz jahon chempionatiga tayyorlana olamizmi?"

Eronlik mutaxassisni AQSH sport kurashlari Federaciyasi ijrochi direktori Rich Bender ham qo'llab-quvvatladi. Dunyoning ikki elit kurash davlati qarshi chiqayotgan ekan, jahon chempionatining bu yil o'tkazilishiga umid bog'lamasa ham bo'ladi.  

Onlayn konferenciya yakunida UWW prezidenti bu yil xalqaro musobaqalarni o'tkaza olsak, shuning o'zi kurash olami uchun katta muvaffaqiyat bo'lishi aytdi. Xalqaro sog'liqni saqlash tashkiloti bergan xabar ko'ra dunyoda pandemiya bilan bog'liq vaziyat umumiy ko'rinishda yomonlashib bormoqda. Evropa sekin-asta karantindan chiqayotgan bo'lsa, Janubiy Amerika va Osiyoda vaziyat o'zining eng cho'qqisiga chiqqan.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing