So’nggi yangiliklar

19:52Ковингтон RAF турнирида Махачевга кураш таклиф қилди 0 19:02Жиддий тўқнашувда қатнашган "Тенерифе" футболчиси вафот этди 0 18:18Жонни Уокер укаси Вальтер билан жанг қилмаслигини айтди 0 17:26Жалгасбай Бердимуратов PWL Moscow турнирида иштирок этади 0 16:38Уиттакер Гусковга қарши жангда шоу ваъда қилди 0 16:01WBA рейтинги янгиланди: Икки ҳамюртимиз пешқадам, иккиси эса рейтингдан чиқиб кетди 0 15:52"Реал" АПЛдан Куртуага ўринбосар топди 0 15:00Дакар-2026: Муҳаммадисмоил Раҳмоновнинг медали Ўзбекистон сузиш спорти учун тарихий ҳисобланади 0 14:05Уайлдер кейинги жангини Гассиевга қарши ўтказиш бўйича музокара олиб боряпти 0 13:12Дакар-2026'да бугун тўрт нафар ўзбекистонлик спортчи баҳсга киришади 0 12:45Осиё Кубоги-2027 муддати қолдирилди: турнир қачон ўтказилади? 0 12:01Субханкулов ва Круз IBF камари учун жанг қилади 0 11:07Карлос Пратес: "Махачевга икки баробар кучлироқ зарба бераман, сабоқ олсин" 0 10:36Жон Маккарти Мойкано - Нолан жангидаги ҳакамнинг ҳаракатларига баҳо берди 0 10:05Sofascore. "Нефтчи" ва "Пахтакор" футболчилари кечаги учрашувлар учун неча баҳога лойиқ кўрилди? 0

03 fev 09:05
Yangiliklar

Sport kurashlari

UWW qoidalardagi o'zgarishlarni tasdiqladi

Teglar :  Sport kurashlari
Birlashgan kurash dunyosi (UWW) tomonidan mavjud qoidalarga kiritilgan o'zgarishlar rasman tasdiqlandi.

1. Xavfli vaziyatdagi qichqiriq 

Avvalgi holat: Xavfli vaziyatdagi qichqiriq jazolanmagan

Yangi qoida: Xavfli vaziyatda agar kurashchi qoida buzilmagan yoki jarohat olmagan holatdan tashqari baland ovozda qichqirsa, baqirsa "tushe" bahosi bilan jazolanadi

2. Aktiv holat

Avvalgi holat: Hakamlar tomonidan sust (passiv) harakatli kurashchiga hujum uchun 30 soniya vaqt berilardi 

Agar passiv holatdagi kurashchi texnik harakatni amalga oshirsa, unga buning uchun ball beriladi

Agar texnik harakatni aktiv holatdagi kurashchi amalga oshirsa, unga ball yoziladi

Texnik harakat bo'lmagan taqdirda aktiv kurashchiga ball taqdim etiladi

Yangi qoida: Hakamlar tomonidan passiv kurashga hujum qilish uchun 30 soniya vaqt beriladi

Agar passiv kurashchi texnik harakatni amalga oshirsa, unga buning uchun ball beriladi

Agar texnik harakatni aktiv kurashchi amalga oshirsa, unga bir ball va qo'shimchasiga harakatchanlik uchun yana bir ball taqdim etiladi

Agar passiv kurashchi texnik harakatni amalga oshira olmasa, ball aktiv kurashchiga beriladi

3. Gilam chetidagi kurash

Avvalgi holat: Agar referi kurashdan "qochish" holatini aniqlasa, uning raqibiga ball, o'ziga esa ogohlantirish berilardi

Yangi qoida: Bellashuv davomida "qochish" holati kuzatilsa, raqibga umumiy ikki ball (1+1), uning o'ziga ogohlantirish beriladi

4. Texnik xato uchun delegatning reakciyasi

Texnik delegat (musobaqa bosh hakami) kechayotgan kurashga o'zi texnik xatoni ko'rib qolgan holatda aralashadi. Masalan, hakamlar malum epizod uchun A tomonga ball berishsa, lekin tabloda V kurashchiga ball aks etib turgan bo'lsa, texnik delegat vaziyatga aralashishi va xatolik ro'y berganini aytish huquqiga ega. Texnik delegat hakamning qaroriga faqat "chellenj"ni qayta ko'rish orqali aralashishi mumkin.

5. Qura

Kvalifikacion raundlar qurasi endi tenglikni yuzaga keltirish uchun "yuqori-past-past-yuqori" tamoyiliga asosan amalga oshiriladi. Bu o'zgarish orqali musobaqaning qura setkasida tenglik taaminlanadi. Qura jarayonida reytingi yuqori kurashchilarning setkadagi joylashuviga ham xuddi shu usulda yondashiladi 

6. SHikoyat (protest)

Murabbiy berilgan ballga 5 soniya ichida o'z etirozini bildirishi mumkin 

7. UWW Byurosi U15, U17 (kadet) va faxriylar o'rtasidagi musobaqalarda passiv holat uchun belgilangan og'zaki ogohlantirishni bekor qildi. Bu uch yosh toifasidagi musobaqalardagi bo'limlarning davomiyligi U20 (yoshlar), U23 va kattalardagi vaqt bilan taqqoslaganda kamroq.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing