So’nggi yangiliklar

19:52Ковингтон RAF турнирида Махачевга кураш таклиф қилди 0 19:02Жиддий тўқнашувда қатнашган "Тенерифе" футболчиси вафот этди 0 18:18Жонни Уокер укаси Вальтер билан жанг қилмаслигини айтди 0 17:26Жалгасбай Бердимуратов PWL Moscow турнирида иштирок этади 0 16:38Уиттакер Гусковга қарши жангда шоу ваъда қилди 0 16:01WBA рейтинги янгиланди: Икки ҳамюртимиз пешқадам, иккиси эса рейтингдан чиқиб кетди 0 15:52"Реал" АПЛдан Куртуага ўринбосар топди 0 15:00Дакар-2026: Муҳаммадисмоил Раҳмоновнинг медали Ўзбекистон сузиш спорти учун тарихий ҳисобланади 0 14:05Уайлдер кейинги жангини Гассиевга қарши ўтказиш бўйича музокара олиб боряпти 0 13:12Дакар-2026'да бугун тўрт нафар ўзбекистонлик спортчи баҳсга киришади 0 12:45Осиё Кубоги-2027 муддати қолдирилди: турнир қачон ўтказилади? 0 12:01Субханкулов ва Круз IBF камари учун жанг қилади 0 11:07Карлос Пратес: "Махачевга икки баробар кучлироқ зарба бераман, сабоқ олсин" 0 10:36Жон Маккарти Мойкано - Нолан жангидаги ҳакамнинг ҳаракатларига баҳо берди 0 10:05Sofascore. "Нефтчи" ва "Пахтакор" футболчилари кечаги учрашувлар учун неча баҳога лойиқ кўрилди? 0

06 avg 20:43
Yangiliklar

Sport kurashlari

UWW sentyabr va oktyabrga mo'ljallangan barcha musobaqalarni bekor qildi

Birlashgan kurash dunyosi (UWW) Ijroqo'mining navbatdan tashqari onlayn-yig'ilishi bo'lib o'tdi.

Unda UWW avvalroq sentyabr va oktyabr oylari uchun tasdiqlangan barcha musobaqalarni bekor qilgan. Ijroqo'm azolari bir ovozdan hozirda butun dunyoda davom etayotgan koronavirus pandemiyasi bilan bog'liq vaziyat sabab restart, yani mavsumni kuz faslining dastlabki ikki oyida davom ettirmaslikka qaror qilishgan. 

Xalqaro taqvimdan o'rin olgan musobaqalar orasida yoshlar o'rtasidagi Evropa chempionati (5-11 oktyabr, Polsha) hamda o'smirlar o'rtasidagi Evropa chempionati (19-25 oktyabr, SHimoliy Makedoniya) ham bor edi.

"Dunyodagi koronavirus bilan bog'liq epidemiologik vaziyatni kuzatishda davom etamiz, — dedi UWW prezidenti Nenad Lalovich. — Biz sportchilarning salomatligini birinchi o'ringa qo'yamiz. Xavf ortda qolganiga ishonch hosil qilganimizdan keyingina kurashchilar gilamga qaytishadi".

Navbatdagi UWW Ijroqo'm yig'ilishi sentyabr oyida o'tkazilishi malum qilindi. Boisi, noyabr va dekabr oylariga mo'ljallangan musobaqalarning taqdiri hamon ochiqligicha qolmoqda: noyabrda Finlyandiyada o'tishi rejalashtirilgan U-23 jahon chempionati hamda dekabr oyida Serbiyada o'tkazilishi belgilangan o'smirlar hamda kattalar o'rtasidagi jahon chempionati. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing