So’nggi yangiliklar

18:39U-23 Жаҳон чемпионатида иштирок этадиган эркин, юнон-рум ва аёллар кураши бўйича таркибларимиз маълум 0 18:05Камилла Раҳимова Wuhan Open`да Australian Open чемпионини мағлуб этди 0 17:28Шоҳжаҳон Эргашев энди бошқа бир ўзбекни жангга чақирди 0 16:50"Манчестер Сити" катта жарима эвазига АПЛдан четлатилиш ва совринлардан маҳрум бўлишдан қутулиши мумкин эди 0 16:22"Жошуани боплаб дўппослайман, кейин Усикдан ўчимни оламан". Фьюри боксдан кетиш олдидан режалари ҳақида гапирди 0 15:40"Бундан хурсанд бўламан". Дмитрий Бивол Бетербиев билан трилогияни кутаётганини айтди 0 15:13Магомед Анкалаев UFC унга қандай ҳолатда чемпионлик камари учун жанг беришини айтди 0 14:30"Энди Месси бизники" - "Интер Майами" мураббийи 0 13:46Масвидаль UFC ташкил қилиши мумкин бўлган "энг шов-шувли жанг" қайси эканлигини айтди 0 13:14Расман! Лаша Гуджеджиани билан тўрт йиллик шартнома имзоланди 0 12:39"У 40 ёшдан ошган, аммо мени жангга чорлаяпти. Унга ҳурматим баланд" - Бенавидес Бетербиев ҳақида гапирди 0 12:12Арсен Венгер ФИФА президенти лавозими учун курашда Инфантинонинг рақибига айланиши мумкин — The Times 0 11:45Волкановски ўзига нима мотивация беришини айтди - бу пул ёки камарлар эмас 0 11:16Бугун Жаҳон чемпионатида оғир вазнлиларимиз, хусусан Музаффарбек Тўрабоевнинг чиқишига гувоҳ бўламиз! 0 10:45Фьюри – Жошуа жанги учун чипталар бир соат ичида сотилиб кетди 0

20 mar 18:06
Yangiliklar

Boshqalar, Tadbirlar

UWWning belbog'li kurash turlari bo'yicha qo'mita raisi MOQda mehmon bo'ldi

UWW (Birlashgan kurash dunyosi) ning belbog'li kurash turlari qo'mitasi raisi Gentautas Vileyta O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasida mehmon bo'ldi.

Martabali mehmonni MOQ Bosh kotibi Jasur Matchanov kutib oldi. 

"Kurash bizning milliy sportimiz hisoblanadi. Yurtimizda sportning ushbu turi juda ham rivojlangan. Milliy olimpiya qo'mitasi noolimpiya sport turlari bilan yaqindan hamkorlikni yo'lga qo'ygan. Qolgan sport turlari qatorida belbog'li kurashni ham rivojlantirishda davom etamiz", - dedi Jasur Matchanov.

O'z o'rnida litvalik mutaxassis yana bir bor O'zbekistonga kelganidan xursand ekanligini yashirib o'tirmadi. Gentautas Vileyta kurashning yurtimizda ommaviy ekanligiga alohida urg'u berdi.

"Albatta Olimpiya sport turlarida medal qo'lga kiritish juda yaxshi. Ammo, o'zbek xalqi kurashga juda qiziqadi. Bu erda ko'plab musobaqalar tashkil qilganmiz. Unda ko'plab muxlislar tomoshaga tashrif buyurishadi. Bellashuvlar haqiqiy ajiotajni yuzaga keltiradi", - dedi mehmon.

Undan tashqari Gentautas Vileyta belbog'li kurash ko'plab mamlakatlarda rivojlanayotgani, jumladan, Eronda Navro'z bayramiga bag'ishlab o'tkaziladigan musobaqada 3000dan ziyod sportchi ishtirok etishi, tomosha qilish uchun esa 100 mingdan ortiq muxlislar kelishi haqida gapirib o'tdi. Dunyo bo'yicha 200dan ortiq milliy kurash turlari mavjud ekanligi, ularni rivojlantirishda xalqaro dzyudo federaciyasi bilan yaqindan hamkorlik qilib kelinayotgani ham mehmon tomonidan qayd etib o'tildi. 

Bunga javoban MOQ Bosh kotibi Jasur Matchanov ham dyudoga kurash, belbog'li kurash sportchilarini jalb etish tizimi O'zbekistonda ham yo'lga qo'yilayotganini alohida takidladi. Gentautas Vileyta uchrashuv davomida belbog'li kurash 2024 yilgi Olimpiya o'yinlari dasturiga kiritilishi mumkinligi haqida ham gapirdi.

“Olimpiya yo'nalishidagi yakkakurash sport turlari bilan bir necha million odam shug'ullansa, milliy yakkakurash turlari bilan dunyoda milliardlab odamlar shug'ullanishadi. Xitoy, Hindiston, Pokiston kabi mamlakatlarning ham o'z milliy yakkakurash sport turlari bor. 2024 yilda Parijda o'tkaziladigan Olimpiya o'yinlarida belbog'li kurashning ayollar o'rtasidagi bahslari o'yinlar dasturiga kirishi ehtimoli yuqori. Buning uchun barcha talablar, meyoriy hujjatlar bizda tayyor. U katta ehtimol bilan yunon-rum kurashidagi ayollar o'rtasidagi bahslarning o'rnini egallaydi. 

Jakartada Osiyo o'yinlari oldidan ko'rgazmali chiqishlar bo'ladi. Undan so'ng esa turnir tashkil etiladi. O'sha musobaqada o'zbekistonlik sportchilarni ko'rishdan xursand bo'lamiz” – dedi so'zining yakunida UWW mutaxassisi.  

O'z o'rnida Jasur Matchanov O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi tashkilot bilan hamkorlik qilishga tayyor ekanligini aytib o'tdi. "Belbog'li kurashga munosabatimiz ijobiy. Yaqindan hamkorlik qilishga tayyormiz. Bu boradagi takliflarni albatta izchil o'rganib chiqamiz", - dedi MOQ Bosh kotibi.

Uchrashuv yakunida ananaga muvofiq mehmonga Milliy olimpiya qo'mitasining maxsus sovg'asi topshirildi. Gentautas Vileyta ham qabul uchun minnatdorchilik bildirgan holda Jasur Matchanovga belbog'li kurashga atab nashr qilingan enciklopediyani taqdim etdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing