09 okt 11:23
Yangiliklar
Tennis

Uxan (WTA). Dunyoning birinchi raketkasida irodali g'alaba
Arina Sobolenko Xitoyning Uxan shahri mezbonlik qilayotgan WTA 1000 toifasiga kiruvchi turnirda ishtirok etmoqda.
Belaruslik tennis malikasi ikkinchi davrada slovakiyalik Rebekka SHramkovani biroz qiyinchilik bilan mag'lubiyatga uchratdi. Birinchi setni boy bergan Arina yakunda g'alabani o'z tomoniga og'dira oldi - 4/6, 6/3, 6/1.
Bu tennischilarning o'zaro o'tkazgan ilk uchrashuvi bo'ldi. Bir daqiqasi kam ikki soat davom etgan bahsda Sobolenko 7, SHramkova 9 ta eys zarbasini amalga oshirdi. Qo'shxatolar slovakiyalik tennischida ko'proq bo'ldi 5 ga 4. Breyklar bo'yicha esa Arina ustulik qildi - 5 ga 2. Endi u uchinchi bosqichda rossiyalik Lyudmila Samsonovaga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar