16 noy 13:27
Yangiliklar
Boks/MMA
"Uxlatib qo'yardim". Iliya Topuriya - Islam Maxachevning g'alabasi haqida
Engil vazn toifasida (70 kg gacha) UFC chempioni Iliya Topuriya Islam Maxachevning UFC 322 turnirida avstraliyalik Jek Della Maddalenani mag'lub etganiga munosabat bildirdi.
"Jekka faqat kurashga bag'ishlangan butun boshli lager kerak. CHempion uchun qanday umidsizlik. Sen biror narsani o'rganishing uchun Gruziyaga borishing kerak edi. Islam, senga aynan sen o'rgana olmaydigan narsa kerak: hissiyot. Sen bu o'yindagi eng zerikarli qahramonsan. Kun sayin seni uxlatib qo'yishimga ishonchim ortib bormoqda", - deb yozdi Topuriya X (sobiq Twitter) ijtimoiy tarmog'ida sahifasida.
Malumot uchun, Islam Maxachev biroz avval hakamlarning yakdil qarori bilan g'alaba qozonib, ikki vazn toifasi kamarini qo'lga kiritgan 11-chempionga aylangandi.

Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar