30 sen 09:16
Yangiliklar
Gandbol
"Uzbechka" klublar o'rtasidagi Osiyo chempionatida to'rtinchi bo'ldi
Qozog'istonning Almati shahrida gandbol bo'yicha ayollar klublari o'rtasida VII Osiyo chempionati yakunlandi.
To'qqiz kun davom etgan musobaqaning hal qiluvchi bahsida mezbonlarning "Qaysar" va "Dostik" jamoalari to'qnash keldi. Uchrashuvda "Qaysar" vakilalari katta ustunlikda g'alabani tantana qilishdi — 45:23.
Bronza medali uchun kechgan bellashuvda esa "Uzbechka" va Hindistonning "Golden Iglz Bxarat" jamoalari o'zaro bahs olib borishdi. O'yin alam tarzda, bir ochko farq bilan - 25:24 hisobida hindistonliklarning g'alabasi bilan yakunlandi.
Qayd etish joiz, "Uzbechka" azosi Sarbinaz Saparbaeva VII Osiyo chempionatining eng yaxshi o'yinchilaridan biri sifatida etirof etildi.
Havola :
Manba : t.me/uzhandballfederation
Fikrlar