21 sen 09:06
Yangiliklar
Gandbol
"Uzbechka" klublar o'rtasidagi Osiyo chempionatini durang bilan boshladi
Kecha Qozog'istonning Olma-ota shahrida gandbol bo'yicha ayollar jamoalari o'rtasida VII Osiyo chempionati start oldi.
Musobaqada O'zbekistonning "Uzbechka" jamoasi vakilalari ham ishtirok etmoqda.
Osiyo chempionatining ilk kuni doirasida "Uzbechka" Hindistonning "Golden Eagls Bharat" klubiga qarshi bahs olib bordi. O'yin 20:20 hisobidagi jangovar durang natija bilan yakunlandi.
Hamyurtlarimizning keyingi uchrashuvi 23 sentyabr kuni Qozog'istonning "Qaysar" ayollar klubiga qarshi bo'lib o'tadi. Turnir 29 sentyabrga qadar davom etadi.
Havola :
Manba : t.me/uzhandballfederation
Fikrlar