14 apr 14:51
Yangiliklar
Boks/MMA

"Uzbek Tigers" guruhni nechanchi o'rinda yakunladi?
Butunjahon boks seriyasida ishtirok etayotgan "Uzbek Tigers" jamoasi joy olgan guruhda bugun barcha janglar nihoyasiga etdi.
Guruhdagi so'nggi to'qnashuv Kolumbiyada - "Colombia Heroicos" hamda "Cuba Domadores" jamoalari o'rtasida bo'lib o'tdi va unda kubalik bokschilar 3:2 hisobida g'alaba qozondilar.
SHu tariqa, kubaliklar o'z hisoblaridagi ochkolar sonini 15taga etkazib oldi. "Uzbek Tigers" esa 13 ochko bilan guruhda ikkinchi o'rinni egalladi. Kolumbiyaliklarda 8 ochko mavjud bo'lsa, Venesuela jamoasi 4 ochko bilan musobaqani yakunladi.
Vakillarimizning navbatdagi bosqichdagi raqiblari hozircha nomalum.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar