29 mar 15:18
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/36084_220.jpg)
"Uzbek Tigers" - "Venesuela Caciques". Bir kunda o'nta jang o'tkaziladimi?
Xabaringiz bor, Butunjahon boks seriyasining sakkizinchi mavsumida ishtirok etayotgan "Uzbek Tigers" guruhdagi so'nggi ikkita uchrashuvini venesuelalik raqiblariga qarshi o'tkazadi.
Olamsport.com saytiga malum bo'lishicha, jamoalar o'rtasidagi har ikkala to'qnashuv ham bir kunda O'zbekistonda bo'lib o'tadi. Janglarga Termiz shahri mezbonlik qiladi. 7 aprel kuni tashkil qilinadigan jang oqshomida muxlislar 10 ta jang guvohiga aylanadilar. O'sha kuni S1 va S2 jamoalari ringda to'qnash keladilar.
Bahslarda ishtirok etadigan bokschilarimiz ro'yxati yaqin vaqtlar ichida malum qilinadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar