06 apr 08:31
Yangiliklar
“Uzbek Tigers” - “Venesuela Caciques”. Bugun matbuot anjumani va tarozi
Venesuelada notinch vaziyat hukm surayotgani bois har ikkala jang ham Surxondaryo viloyati markazida bo'lib o'tadi. Yani, S1 va S2 jamoalari bir kunda jang o'tkazishadi. O'zbekiston va Venesuela bokschilari o'rtasidagi to'qnashuvlar “Alpomish” sport majmuasida o'tkazilinib, soat 19:00da boshlanadi.
Bugun boks muxlislari jami 10ta jangga guvoh bo'lishadi. Dastlabki beshta jangdan so'ng orada yarim soatlik tanaffus bo'ladi. Bugun soat 15:00da bokschilar va ularning murabbiylari ishtirokida matbuot anjumani hamda charm qo'lqop ustalarini tarozidan o'tkazish marosimi o'tkaziladi.
Boks. Butunjahon boks seriyasi
7 aprel. Termiz. "Alpomish" sport majmuasi
S1
-49kg: Nodir Mirzaahmedov - Luis Podarki
-56kg: SHahobiddin Zoirov - Yoel Finish
-64kg: Aliyor Noraliev - Kristian Palasio
-75kg: Isroil Madrimov - Endryu Saavedra
-91kg: Sanjar Tursunov - Albert Ramires
S2
-52kg: Jasurbek Latipov - Xesus Roxas
-60kg: SHunqor Abdurasulov - Luis Kabrera
-69kg: Mahmud G'oipov - Gabriel Maestre
-81kg: Bektemir Meliqo'ziev - Nalek Korbaj
+91kg: Bahodir Jalolov - Jordan Ernandes
Fikrlar