07 apr 14:30
Yangiliklar
Boks/MMA

"Uzbek Tigers"-"Venesuela Caciques". S2 vazn toifasidagi janglar to'g'ridan-to'g'ri namoyish etiladi
Xabaringiz bor, bugun bokschilarimiz Butunjahon boks seriyasi doirasida venesuelalik raqiblarga to'qnash keladilar.
Termiz shahri mezbonlik qiladigan bahslar futbol bo'yicha Superliga o'yinlari bilan bir vaqtga to'g'ri kelib qolganligi sababli bahslar yozib olingan holatda namoyish etilishi haqida xabar qilgandik.
Olamsport.com saytiga malum bo'lishicha, bugun S1 jamoalari o'rtasidagi janglar soat 19:00da, S2 bokschilari qarama-qarshiliklari esa 22:00da boshlanadi.
Demak, S2 janglari boshlangan vaqtda futbol uchrashuvlari o'z nihoyasiga etgan bo'ladi. Aynan ushbu bahslar "SPORT" kanali orqali jonli efirda namoyish etiladi. Ushbu janglar yakunlanganidan so'ng esa S1 vazn toifalarida o'tkazilgan bellashuvlar yozib olingan holda efirga uzatiladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar