07 apr 07:23
Yangiliklar
Boks/MMA
"Uzbek Tigers" vs "Venesuela Caciques". Janglarni boshqaruvchi hakamlar
Bugun Surxondaryo viloyati markazi Termiz shahrida Butunjahon Boks seriyasi (WSB)ning sakkizinchi mavsumi doirasidagi muhim uchrashuv bo'lib o'tadi.
Unda “A” guruhi jamoalari - Uzbek Tigers va Venesuela Caciques o'zaro to'qnash kelishadi. O'nta juftlikda o'tkaziladigan boks oqshomiga “Alpomish” sport majmuasi mezbonlik qiladi.
Bugungi janglarni boshqarish uchun 4 nafar tajribali hakam taklif etilgan. Turkiyalik Yasar CHinar, germaniyalik Xolger Kyusmaul, italiyalik Alessandro Renzini hamda britaniyalik Jyoff Kannell janglarda hakamlik qilishadi. Termizdagi boks oqshomi supervayzeri qozog'istonlik Marina Ni, ring tashqarisidagi neytral shifokor ozarbayjonlik Leyla Nosirova.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar