So’nggi yangiliklar

18:2346 ёшли Оверим UFC собиқ жангчисига қарши бокс қоидалари бўйича рингга чиқади + ПОСТЕР 0 17:52Нурмагомедовнинг менежери ММА жамоатчилигидан узр сўради 0 17:36Усман Нурмагомедов 6 ойга қамалди 0 17:21Кейн миллий терма жамоалар тарихидаги энг яхши тўпурарлар рейтингида Левандовскига етиб олди 0 16:50Дзюдочиларимиз "ШҲТ Очиқ кубоги"да иштирок этиш учун Москва шаҳрига жўнаб кетишди 0 16:19Эдди Хирн Фьюри – Жошуа оқшомининг иштирокчилари рўйхатидан норози 0 15:48Жо Роган: "Спорт комиссиялари тиззага тепишга тақиқ қўйишга қарор қилди" 0 15:17Али Лажами: “Ўзбекистонга қарши ғалаба қозониб, ФИФА рейтингидаги ўрнимизни яхшиламоқчимиз” 0 15:05Жаҳонгир Зокиров ва Раҳматулло Бойматов "Zuffa Boxing" турнири олдидан тарозига чиқди (ФОТО) 0 14:46Льюис Хэмилтон Ғазо сектори чегарасига борди (ФОТО) 0 14:15Трамполин бўйича Жаҳон чемпионатида олтин медаль қўлга киритилди! 0 13:44"Дакар-2026": уч боксчимиз иштирок этган Олимпиадада икки олтин қўлга киритилди ва тарихий натижа қайд этилди 0 13:13Ирисметов Россиянинг ўйини ҳақида: "Улар кўпроқ испанларга ўхшаб қолибди" 0 12:42Макгрегор Нурмагомедов ва Двалишвили жанжалига муносабат билдирди + ФОТО 0 12:11Рамазон Темиров вазнидаги чемпионлик жангини ким суғурталаши маълум бўлди 0

06 apr 23:35
Yangiliklar

Boks/MMA

"Uzbek Tigers" vs "Venesuela Caciques". Matbuot anjumani bo'lib o'tdi

Termiz Davlat universiteti anjumanlar zalida Butunjahon boks seriyasida ishtirok etayotgan “Uzbek Tigers” hamda Venesuelaning “Venesuela Caciques” jamoalari o'rtasidagi uchrashuvga bag'ishlangan matbuot anjumani o'tkazildi.

Malumot uchun, bu ikki jamoa joylashgan A guruhida Kubaning Cuba Domadores jamoasi 9 ochko bilan peshqadamlik qilyapti. Ozodlik oroli vakillari o'tkazilgan 4ta jangdan 3tasida g'alabaga erishishgan. Yagona mag'lubiyatni aynan o'zbek bokschilaridan qabul qilib olgan.

“Uzbek Tigers” hamda Kolumbiyaning Colombia Heroicos jamoalari hisobida 5-tur oldidan 7tadan ochko bor. Ertangi raqiblarimiz 5 ochko bilan guruhda so'nggi o'rinni egallab turibdi. CHorak finalga chiqish uchun ertangi ikkita uchrashuvda g'alaba qozonish talab etiladi.  


Bugun venesuelaliklarga qarshi jang oldidan matbuot anjumani tashkil qilindi. Marosimni O'zbekiston boks federaciyasi bosh kotibi Murod Mamadaliev kirish so'zi bilan ochib berdi:

M. Mamadaliev: Termiz shahrida o'tkazilayotganidan xursandmiz. Bu tashabbus Surxondaryo viloyatida boksni rivojlantirish uchun xizmat qiladi. Fursatdan foydalanib, barcha tashkilotchilarga boks oqshomini tashkil etishga bergan yordamlari uchun minnatdorchilik bildiraman.

Marina Ni: Birinchi galda O'zbekiston hukumatiga Butunjahon boks seriyasi doirasidagi janglar o'tkazilishini qo'llab-quvvatlagani uchun rahmat aytmoqchiman. Tashkilotchilik juda yuqori darajada. Buni alohida etirof etishim kerak. O'zbekistonda boks birinchi raqamli sport turi ekanligiga yana bir bor amin bo'ldim. Yurtingizda hamma davrda ham kuchli murabbiy va bokschilar bo'lgan. Ayniqsa, bugungi kunda o'zbek boksi dunyoda birinchi o'rinda turibdi.  

Frans Lopes (AIBA vakili): Har ikkala jamoaga omad tilayman. Kuchli tomon g'alaba qozonsin.

Matbuot anjumanining birinchi qismida mehmon jamoa azolari ishtirok etishdi. Bokschilar bosh murabbiy Alfredo Lemus boshchiligida anjumanlar zalida hozir bo'lishdi.

A.Lemus: Bokschilaringiz omad yor bo'lsin. Biz ham chiroyli boks namoyish etishga harakat qilamiz.

Anjumanning ikkinchi qismida charm qo'lqop ustalarimiz hamda jamoa bosh murabbiyi To'lqin Qilichev OAV vakillarini qiziqtirgan savollarga javob qaytarishdi.          

T. Qilichev: Assalomu alaykum, hurmatli surxondaryoliklar! SHu janglarning Termiz shahrida o'tkazilayotganidan xursandman. Bekzod To'raboevga rahmat. Bokschilarimiz sizlarni uyaltirib qo'ymaslik uchun astoydil harakat qilishadi.  

Reyting:    

Fikrlar

   
07 apr 07:26:14
Messi
Oomad uzbek jangchilari
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing