07 apr 21:29
Yangiliklar
![](/upload/storage/36563_220.jpg)
Uzbek Tigers vs Venesuela Caciques: S-1 jamoasida yuz foizlik g'alaba!
Sakkizinchi mavsum musobaqasida ishtirok etayotgan “Uzbek Tigers” jamoasi Venesuelaning “Venesuela Caciques” bokschilarini qabul qilmoqda. Hozirgina S-1 jamoalari o'rtasidagi janglar yakunlandi. Beshta jangning barchasida hamyurtlarimizning qo'li baland keldi.
-49 kg vaznda Nodir Mirzaahmedov raqibi Luis Polasodan, -56 kg vazn toifasida Olimpiada chempioni SHahobiddin Zoirov Rio Olimpiadasi bronza medali sovrindori Yoel Finolni, -64 kilogrammda o'smirlar o'rtasida jahon chempioni Aliyor Noraliev Kristian Palasioni, -75 kg vaznda Isroil Madrimov Kleyber Gonsalesni, -91 kg vazn toifasida Sanjar Tursunov Xuan Belloni katta ustunlik bilan mag'lub etdi.
Endi navbat S-2 jamoasiga. Ayni kez 20 daqiqalik tanaffus elon qilindi. Arenaga yig'ilgan muxlislarga koncert dasturining davomi namoyish etilmoqda.
S-2 jamoasi juftliklari:
-52 kg: Jasurbek Latipov - Xesus Roxas
-60 kg: SHunqor Abdurasulov - Luis Kabrera
-69 kg: Mahmud G'oipov - Gabriel Maestre
-81 kg: Bektemir Meliqo'ziev - Nalek Korbai
+91 kg: Bahodir Jalolov - Jordan Ernandes
Fikrlar