06 apr 16:19
Yangiliklar
Boks/MMA

"Uzbek Tigers"ning Termizdagi jangi to'g'ridan-to'g'ri olib ko'rsatiladimi?
Xabaringiz bor, ertaga Butunjahon boks seriyasida ishtirok etayotgan "Uzbek Tigers" jamoasi Venesuelaning "Venesuela Caciques" jamoasiga to'qnash keladi.
Termiz shahri mezbonlik qiladigan bahslarda bir kunda o'nta jang o'tkazilishi rejalashtirilgan. Hozirda boks muxlislarini bir savol qiziqtirmoqda. "Janglar "SPORT" telekanali orqali jonli efirda namoyish etiladimi?".
Olamsport.com saytiga malum bo'lishicha, janglar to'g'ridan-to'g'ri efirda ko'rsatilmaydi. CHunki, rejaga binoan ertaga o'sha vaqtda futbol bo'yicha O'zbekiston Superligasining ikki uchrashuvi ("Lokomotiv" - "Qo'qon-1912" - 18:00, "Navbahor" - "NAsaf" - 20:00) translyaciyasi amalga oshiriladi. Muxlislar boks janglarini kechki dasturlarda yozib olingan holatda tomosha qilishlari mumkin bo'ladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar