07 mar 09:54
Yangiliklar
Boks/MMA

"Uzbek Tigers"ning yana bir azosi - Zuhriddin Mahkamov professional boksga o'tmoqda
Boks bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi, "Uzbek Tigers" jamoasi azosi Zuhriddin Mahkamov faoliyatini professional boksda davom ettiradi.
Og'ir vaznli bokschimiz shu maqsadda Amerika Qo'shma SHtatlariga yo'l oldi. Vakilimiz ayni paytda Nyu-York shahrida bo'lib turibdi. Yaqin vaqtlar ichida Zuhriddinning qaysi promouterlik kompaniyasi bilan shartnoma imzolashi malum bo'ladi.
Bokschimizga professional faoliyati davomida omad va zafarlar tilab qolamiz!
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar