06 fev 19:10
Yangiliklar
Boks/MMA

Vadim Nemkov: "Boshqa vaznga o'taman yoki tashkilotni o'zgartiraman"
Yarimog'ir vazn toifasida "Bellator" chempioni Vadim Nemkov kelgusi rejalari haqida gapirdi.
"UFCdan taklif bo'lgani yo'q. Sababi oddiy — "Bellator" bilan shartnomam bor. Gran-prida final jangida qatnashaman. SHundan so'ng kelgusi faoliyatim haqida o'ylayman.
Yosh o'tgani sayin vazn yo'qotish qiyinlashib boradi. Ehtimol, boshqa vaznga o'tarman yoki tashkilotim o'zgarar. Muzokaralarni jangdan keyin o'tkazamiz", - dedi Nemkov.
Eslatma uchun, mart oyida Nemkov "Bellator" turniri doirasida Kori Andersonga qarshi jang qiladi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar