So’nggi yangiliklar

21:04WTA рейтинги янгиланди. 22 поғона юқорилаган Раҳимова энди дунёнинг 44-ракеткаси! 0 19:10"Жангимиз тарихдаги энг буюк тўқнашувлардан бири бўлади". Дэвид Бенавидес Усик билан эҳтимолий жанг ҳақида гапирди 0 18:29Хамзат Чимаев қачон UFC октагонига қайтишини айтди 0 17:52"Бавария" Компанига нисбатан ғалати қоида жорий қилди 0 17:01"Худди биринчи чемпионлик камаримни қўлга киритгандек бўлдим". Альварес WBC’нинг иккинчи ўрта вазн чемпиони бўлгани ҳақида 0 16:14Арман Царукян Александр Волкановски билан эҳтимолий жанг ҳақида гапирди 0 15:30Камару Усман Ислам Махачевнинг жангдан бош тортиши бўйича қарорини қўллаб-қувватлади 0 14:59Элит ОЧЛ. "Пахтакор" уйда, "Нефтчи" меҳмонда ўйнайди 0 14:45Бектемир Мелиқўзиевнинг навбатдаги рақиби аниқ бўлди 0 14:28Конор Макгрегор: "Ҳатто ҳаракат қилмасдан ҳам ҳаммадан устунман!" 0 13:57Хамзат Чимаев бир ўлиб тирилган яккакураш устасига қарши жанг қилади + ПОСТЕР 0 13:26UFC 335: Оливейра — Лопез турнири учун расмий постер эълон қилинди + ФОТО 0 12:55Беҳруз Каримов иштирок этган ўйинда “Лугано” стадионида тарихий натижа қайд этилди 0 12:24Бектемирга "хўп" деган Мунгиа Зонга қарши ўтказган жанги ҳақида гапирди 0 11:43IV Ёзги Ёшлар Олимпиадасида дзюдо баҳслари старт олди 0

17 dek 09:50
Yangiliklar

Boks/MMA

Vadim Nemkov - Kori Anderson trilogiyasi bekor qilindi!

Bir necha kun oldin PFL va Bellator Ligalari tomonidan og'ir vazn toifasi vakillari - rossiyalik Vadim Nemkov hamda amerikalik Kori Anderson o'rtasidagi jang elon qilingan edi.

Afsuski, 2025 yilning 25 yanvar kuni BAAning Dubay shahrida o'tkazilishi belgilangan jang bekor qilindi. Bu haqda amerikalik aralash yakkakurash ustasi o'zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida xabar berdi. 

"Yigitlar, tezkor xabar – trilogiya bo'lmaydi. Bugun ertalab meni ana shu sovuq xabar uyg'otdi. PFL va Bellator Ligasi rahbarlaridan xabarnoma keldi: "Vadim sen bilan jang qilishdan bosh tortmoqda. Ularning aytishicha, sen Vadim uchun qiyin raqib ekansan. U turnir kardida qolmoqchi, lekin sen bilan jang qilish niyatida emas. Nemkov kuchsizroq raqib olmoqchi". 

Bu holatda sen qanday qilib o'zingni tashkilotning vazn toifasidan qati nazar kuchli jangchisi deb atashing mumkin? Bunchalik qo'rqoq bo'lma! Men senga qarshi jangni etti hafta oldin berishganiga qaramay, qabul qilgandim. Men tayyorman! Men o'yindaman – istalgan paytda va manzilda sen bilan jang qilishga tayyorman. Senga qarshi jang shartnomasini imzolashim bilan Vegasga otlangandim. Hozir esa uyga qaytishga taraddud ko'ryapman. Jang bo'lmas ekan, mashg'ulot o'tkazishdan foyda yo'q!", - dedi jangi bekor bo'lgan Anderson. 

Malumot uchun, o'tgan hafta PFL va Bellator promoshenlari Kori Andersonni Vadim Nemkovning jarohat sabab safdan chiqqan raqibi Ante Deliyuning o'rniga tasdiqlashgandi. 2022 yilda Vadim Nemkov ikki bor Kori Anderson bilan to'qnash kelgandi. Bellator ligasining yarimog'ir vazn toifasi Gran-pri finalidagi ilk jang sportchilarning bosh bilan to'qnashib ketishlari sabab o'tkazilmagan deb topilgandi. Ikkinchi jangda esa rossiyalik aralash yakkakurash ustasi hakamlarning yakdil qarori bilan g'olib bo'lgan edi. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing