23 iyu 13:48
Yangiliklar
![](/upload/storage/267482_220.jpg)
Vadim Nemkov UFC bilan shartnoma imzolash shartlarini aytdi
Faqat buning uchun UFC bir nechta shartlarga rozi bo'lishi kerak.
"Hamma narsa bo'lishi mumkin. Men 31 yoshdaman. Faoliyatimni og'ir vaznda davom ettirsam, u holda UFC promoushenida 34-35 yoshimda ham oktagonga chiqaveraman. Yarimog'ir vaznda yana 3-4 yil bemalol jang o'tkaza olaman. Og'ir vaznda esa bemalol salomatlikka qarab 6 yil jang qilishim mumkin. Lekin UFC rahbarlaridan har bir jangim uchun kamida million dollarlik chek so'rayman", - dedi Nemkov.
O'tgan yilning noyabr oyida Vadim Nemkov yarimog'ir vaznda Bellator Gran-prisi g'olibi bo'lgan edi. U o'z kamarini uch bor muvaffaqiyatli himoya qildi. Gran-pridagi g'alaba unga million dollar keltirdi. O'tgan hafta esa u kubalik Yoel Romeroni ochkolar hisobiga ko'ra taslim etdi. Bu natijasi evaziga u vazn toifasidan qatiy nazar P4P reytingida peshqadamga aylanib oldi.
Fikrlar