01 okt 09:59
Yangiliklar

Valentina SHevchenko: "Amanda Nunes uchinchi jangimiz o'tkazilmasligini astoydil istamoqda"
"O'ylashimcha, Amanda Nunes uchinchi jangimiz o'tkazilmasligini astoydil istamoqda. U bizning ikkinchi jangimizda g'alabani unga sovg'a qilishganini tushunib turibdi.
Amanda o'zidan kichikroq qiz kelib uni yutib qo'yganini biladi va bu unga tasir qiladi. SHuning uchun ham u meni ikki marta mag'lub qilganini har joyda takrorlayveradi. Bu bilan u aslida nima his qilayotganini yashirishga urinadi.
Nunes bilan uchinchi jang - mening maqsadim. Oradan vaqt o'tdi, juda ko'p narsalar o'zgardi. Men butunlay boshqa jangchiga aylandim. Men faqat oldinga boraman, kerak bo'lsa jon berishga ham tayyorman", - dedi Valentina SHevchenko.
Eslatib o'tasmiz, Nunes va SHevchenko ikki marta o'zaro jang qilishgan va ularning ikkalasida ham Amanda Nunes ochkolar hisobiga g'alaba qozongan.
Fikrlar