01 iyu 18:26
Yangiliklar

Valentina SHevchenko bekor bo'lgan davogarlar jangidan keyin o'ziga raqib tanladi
Ammo oqshomning asosiy jangi hisoblangan Erin Blenchfild va Meysi Barber o'rtasidagi to'qnashuv o'tkazilmadi. Bunga Barberning sog'lig'idagi muammolar sabab bo'lgan. Bu davogarlik maqomidagi jang edi. SHaxsan Valentina SHevchenkoning o'zi ham bugungi turnirga tashrif buyurgandi.
Endi qirg'izistonlik chempionning ehtimoliy raqiblari ikki nafar qolmoqda – Veyli CHjan va Nataliya Silva.
"Raqibim Erin yoki Meysi bo'lishi kerak edi. Afsus, jang o'tkazilmadi. Bu holatda Nataliya Silva yoki Veyli CHjanni tanlashimga to'g'ri keladi. Nataliya yaxshi jang ko'rsata oldi, Veyli esa birinchi o'ta engil vazn chempioni. Aynan u ko'proq men bilan jang qilishga haqli", – dedi SHevchenko turnirdan keyin bergan intervyusida.
Malumot uchun, uch hafta oldin Valentina SHevchenko franciyalik Manon Fioroni ochkolar hisobiga ko'ra mag'lub etib, chempionlik kamarini muvaffaqiyatli himoya qilgandi. Veyli CHjan esa shu yilning fevral oyida Tatyana Suaresni ochkolar bo'yicha yutib, titulini o'zida saqlab qolgan edi.
Fikrlar