10 may 17:17
Yangiliklar
Boks/MMA

Valentina SHevchenko UFC tarixiga kirishi mumkin
Ertaga tongda Kanadaning Monreal shahrida UFC 315 musobaqasi o'tkaziladi.
Qirg'iziston va Peru sharafini himoya qiluvchi UFC chempioni Valentina SHevchenko ertangi turnirda Manon Foroni mag'lub etsa, promouter tarixida 10 ta chempionlik jangida g'alaba qozongan oltinchi jangchi bo'lishi mumkin. Ularning jangi kechaning ikkinchi asosiy bellashuvi bo'ladi.
Qayd etish kerakki, bungacha faqat Jon Jons, Jorj Sent-Per, Demetrius Jonson, Anderson Silva va Amanda Nunes titul bellashuvlarida 10 marta g'alaba qozonashining uddasidan chiqishgandi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar