21 avg 08:44
Yangiliklar
Valentina SHevchenkoning qachon oktagonga qaytishi malum!
U 3 oktyabr kuni bo'lib o'tadigan UFC 332 turnirida braziliyalik Nataliya Silvaga qarshi chempionlik kamarini uchinchi bor himoya qiladi. Bu haqda ProSportKyrgyzstan xabar berdi.
Valentina SHevchenko 38 yoshda. Qirg'izistonda tug'ilgan sportchi professional aralash yakkakurash (MMA) faoliyatini 2003 yilda boshlagan va 2015 yildan buyon UFCda ishtirok etib kelmoqda.
U 2018 yilda ayollar o'rtasidagi engil vazn toifasida UFC chempionlik unvonini qo'lga kiritgan. SHundan so'ng chempionlik kamarini etti marta himoya qilgan. 2024 yilda esa ikkinchi marta chempionlik unvonini qo'lga kiritgan.
SHevchenkoning UFCdagi rekordi — 15 g'alaba, 3 mag'lubiyat va 1 durang. Hozircha UFC 332 turnirining asosiy bellashuvlari tashkilot tomonidan elon qilinmagan.
Fikrlar