07 noy 11:34
Yangiliklar
Boks/MMA

Valentina va Antonina SHevchenko - bitta UFC oqshomida oktagonga chiqadigan ilk opa-singillar!
Eng engil vaznda UFC chempioni Valentina SHevchenko UFC 255 turnirining anderkard jangida oktagonga ko'tariladi.
Qirg'izistonlik chempionning aytishicha, uning opasi Antonina SHevchenko ham UFC 255 turnirida o'z jangini o'tkazadi. Ushbu UFC oqshomi 21 noyabr kuni AQSHning Nevada shtati Las-Vegas shahrida bo'lib o'tadi. Hozircha Antoninaning raqibi aniq emas. Valentina esa o'z kamarina Jennifer Mayyaga qarshi jangda himoya qiladi.
SHu tariqa, Valentina va Antonina SHevchenko UFC tarixida bitta turnirda oktagonga ko'tarilgan ilk opa-singil jangchilarga aylanadi. UFC 255 turnirining markaziy jangida esa eng engil vaznda UFC chempioni Deyvison Figeyredo davogar Aleks Peres bilan to'qnash keladi.
Havola :
Fikrlar