So’nggi yangiliklar

10:20Рафинья сафга қайтишга яқин 0 09:59Тошкент илк бор велотрек бўйича Осиё чемпионатига мезбонлик қилади 0 09:38Вальтер Уокер акаси Жонни Уокерга "вызов" ташлади 0 09:17European Open 2026. Медаллар жамғариш бўйича 1-ўриндамиз! 0 08:56"Реал" "Реал Сосьедад"га имконият қолдирмади 0 08:35Даниил Ейбог 1500 метр масофадаги баҳсларни нечанчи ўринда якунлади? 0 08:14Топурия Махачев учун навбатдаги рақиб бўлмайди 0 07:53Европа Кубогининг илк куни 3 та медаль қўлга киритдик + ФОТО 0 07:32А Серия. Миланда драма: қизил карточка, 5 та гол - "Derby d'Italia"да "Интер" ғолиб! 0 07:11FIDE Freestyle Chess Жаҳон чемпионати. Абдусатторов Карлсенга, Синдаров Эргаисига қарши ўйнади 0 02:09Даниил Ейбог Олимпиада ярим финалида стартга чиқди 0 00:55Қишки Олимпиада. Даниил Ейбог ярим финалга йўл олди 0 00:05УЕФА президенти Қозоғистонда сайланади 0 19:42Қишки Олимпиада. Тоғ чанғичиси Медет Назаров гигант слалом дастурини топ-50да якунлади 0 19:19Ўзбекистон яна бир спорт тури бўйича Осиё чемпионати мезбонлигини қўлга киритди 0

15 fev 09:38
Yangiliklar

Boks/MMA

Valter Uoker akasi Jonni Uokerga "vyzov" tashladi

Og'ir vaznda UFC jangchisi Valter Uoker o'zining tug'ishgan akasi Jonni Uokerga qarshi jang o'tkazish istagini bildirdi.

Valter kecha ikki oyog'i yo'q Zayon Klarkni g'alati greppling bahsida mag'lub etganidan so'ng, Mayamidagi Karate Combat turnirida o'zini qo'llab-quvvatlashdan bosh tortgan akasi Jonni Uokerga qarshi jang qilmoqchi. 

"Men juda xafa bo'ldim, chunki akamni men bilan bu erga kelishga chaqirgandim, u esa kelmadi. Qarang, Jonni bu erda yo'q. Uni majaqlab tashlamoqchiman! Hozir akam bilan munosabatlarimiz g'alati.

Men uni tugatmoqchiman, oyog'ini sindirmoqchiman. Jonnini bu erga olib kelib, haqiqiy Uoker kimligini ko'rsatmoqchiman. Xotinidan ruxsat so'rashi kerakligini hamma biladi. Xotini ruxsat bersa - urishamiz. Menga baribir. Qaerdaligining ahamiyati yo'q.

Menga pulni ko'rsating, hammasini yo'q qilaman. Bu faqat boshlanishi. Uni bu erda ham, UFC’da ham mag'lub etaman. Men endi boshlayapman. Og'ir vaznga o't, kichkintoy! Men senga haqiqiy og'ir vaznli kimligini ko'rsataman", - dedi Uoker tadbirdan keyin bergan intervyusida.

Ayni damda aka-ukalarning janglari belgilangan. Jonni Uoker 11 aprel kuni Mayamida bo'lib o'tadigan UFC 327 turnirida Dominik Reyesga qarshi oktagonga ko'tarilsa, Valter Uoker 28 mart kuni Sietldagi turnirda Marchin Tibura bilan hisob-kitob qiladi. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing