So’nggi yangiliklar

19:02Жорий мавсум "Барселона" сардори ким бўлади? 0 18:30Эдсон Барбоза фаолиятини якунлади 0 17:53"Богданда босим бор эди". Маҳмуд Мурадов Гусковнинг Анкалаев билан жанги ҳақида гапирди 0 17:20Нурсултон Рўзибоевга мағлуб бўлган рус жангчисига янги рақиб берилди (ПОСТЕР) 0 16:43Расман: Диёр Имомхўжаев яна 4 йил ПФЛни бошқаради 0 16:14Мурат Гассиевнинг Баходир Жалолов билан жанг бўйича позицияси маълум бўлди 0 15:45Икки нафар ёш курашчимиз жаҳон чемпионатида совриндор бўлишди 0 15:18Қозоғистон ўзбекистонлик ММА жангчисини халқаро қидирувга берди 0 14:532026/27 йилги мавсумда дунёнинг энг қиммат 10 та футбол клуби номи маълум қилинди 0 14:19Энтони Жошуа - Тайсон Фьюри жанги қаерда ва қачон ўтказилиши айтилди 0 13:42Шон О`Мэлли танаффус олди: "Бир муддат кутиб тураман" 0 13:13Хамзат Чимаев UFC`га мурожаат қилди: "Нимани кутяпмиз?" 0 12:41"Ал Ҳилол" Англия терма жамоаси аъзосига 45 миллион фунт таклиф қилди 0 12:18Жо Роган Махачевга Йен Гэрри билан бўлган жангдан сўнг маслаҳат берди 0 11:43Кормье Нурмагомедовга: "Вақтни беҳуда сарфлашни бас қил" 0

10 mar 07:56
Yangiliklar

Tadbirlar

“Vatanparvar” tashkiloti eng yaxshilarni taqdirladi

Respublika texnik va amaliy sport turlari markazida “Yilning eng yaxshi sportchisi”, “Eng yaxshi murabbiy” va “Eng yaxshi hakam” nominaciyalari g'oliblarni taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi.

Dastlab O'zbekiston mudofaasiga kumaklashuvchi Vatanparvar tashkiloti markaziy kengashi raisi o'rinbosarlari SHarifjon Mo'minjonov va Nurmuhammad Mullaboevlar mamlakatimizdasportning olimpiya va noolimpiya turlarini rivojlantirish, yoshlar orasida keng ommalashtirish borasida olib borilayotgan islohotlar, ayniqsa so'nggi yillarda xalqaro turnirlarda sportchilarimiz tomonidan qo'lga kiritilayotgan natijalar salmog'i ortib borayotgani borasida so'z yuritishdi. 

SHundan so'ng 2017 yili katta yutuqlarni qo'lga kiritganlar taqdirlanishdi. Dastlab “Yilning eng yaxshi sportchisi” nominaciyasida g'olib bo'lganlarga mukofotlar topshirildi:

Hakimova Alina – Triatlon bo'yicha bir necha bor O'zbekiston chempioni hamda mamlakat kubogi sovrindori, shuningdek 2017 yilning 12-16 iyul kunlari Indoneziyada o'tkazilgan Osiyo chempionatida 9-o'rinni, 2016 yilning 27 iyun – 4 iyul kunlari Kokshetau shahri (Qozog'iston) mezbonlik qilgan  Osiyo kubogida2-o'rinni qo'lga kiritgan.

Hamroev Doniyorxo'ja – Triatlon bo'yicha ko'p karra O'zbekiston chempioni, 2017 yilning 12-16 iyul kunlari Indoneziyada o'tkazilgan Osiyo chempionatida 10-o'rinni egallagan.

Xmelevskaya Marina – Biatlon bo'yicha ko'p karra O'zbekiston chempioni, O'zbekiston kubogi sohibasi.  2015 yilning 27 iyun – 7 iyul kunlari CHo'pon-ota shahri (Qirg'iziston)da o'tkazilgan yozgi biatlon bo'yicha Osiyo Kubogida 1-o'rinni egallagan. 

Petrov Fyodor – Radiosport bo'yicha bir necha bor O'zbekiston chempioni, O'zbekiston kubogi sohibi. 2017 yilning 28-29 oktyabr kunlari o'tkazilgan Jahon chempionatida 2-o'rin, Osiyo chempionatida 1-o'rin. 

Bazin Vladislav – 2017 yili karting bo'yicha O'zbekiston chempionatida 1-o'rin va O'zbekiston kubogi sohibi. 

Pardabaeva Zaynab – O'q otish sporti bo'yicha bir necha bor O'zbekiston chempioni. 2017 yil Qozog'istonda o'tkazilgan xalqaro turnirda 413 natija bilan 1-o'rin, O'zbekiston chempionatida 415,9 natija bilan 1-o'rin.

Ibragimova Olga – Raketamodel sporti bo'yicha ko'p karra O'zbekiston chempioni. 2017 yilning 16-22 sentyabr kunlari Baykanur shahrida o'tkazilgan Jaxon kubogida 1-o'rin. 

Sazanov Andrey – 2017 yili motokross bo'yicha (125 sm3) va (500 sm3) O'zbekiston chempionati 1-o'rin va O'zbekiston kubogi 1-o'rin.

Tadbir davomida yoshlar orasida sport turlarini ommalashishi, sport turlariga bo'lgan qiziqishning o'sishida murabbiylar malakasi, ish uslubi, shogirdlarining g'alabaga bo'lgan intilishini o'stira olish qobiliyati katta ekanligiga urg'u berildi. SHundan so'ng, «Eng yaxshi murabbiy» nominaciyasi g'oliblari  taqdirlandi:

Serebryakov Sergey – biatlon 

Zarodov Viktor – triatlon 

Marosimda o'tkazilayotgan musobaqalarning odilona tashkil etilishi sportchilar o'rtasida sog'lom raqobatni shakllanishida katta o'rin tutishi borasida so'z yuritildi. So'ngra “Eng yaxshi hakam” nominaciyasi g'oliblari taqdirlandi:

Risqibev Sobir – triatlon

Nabiev SHokir – o'q otish

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing