So’nggi yangiliklar

18:39U-23 Жаҳон чемпионатида иштирок этадиган эркин, юнон-рум ва аёллар кураши бўйича таркибларимиз маълум 0 18:05Камилла Раҳимова Wuhan Open`да Australian Open чемпионини мағлуб этди 0 17:28Шоҳжаҳон Эргашев энди бошқа бир ўзбекни жангга чақирди 0 16:50"Манчестер Сити" катта жарима эвазига АПЛдан четлатилиш ва совринлардан маҳрум бўлишдан қутулиши мумкин эди 0 16:22"Жошуани боплаб дўппослайман, кейин Усикдан ўчимни оламан". Фьюри боксдан кетиш олдидан режалари ҳақида гапирди 0 15:40"Бундан хурсанд бўламан". Дмитрий Бивол Бетербиев билан трилогияни кутаётганини айтди 0 15:13Магомед Анкалаев UFC унга қандай ҳолатда чемпионлик камари учун жанг беришини айтди 0 14:30"Энди Месси бизники" - "Интер Майами" мураббийи 0 13:46Масвидаль UFC ташкил қилиши мумкин бўлган "энг шов-шувли жанг" қайси эканлигини айтди 0 13:14Расман! Лаша Гуджеджиани билан тўрт йиллик шартнома имзоланди 0 12:39"У 40 ёшдан ошган, аммо мени жангга чорлаяпти. Унга ҳурматим баланд" - Бенавидес Бетербиев ҳақида гапирди 0 12:12Арсен Венгер ФИФА президенти лавозими учун курашда Инфантинонинг рақибига айланиши мумкин — The Times 0 11:45Волкановски ўзига нима мотивация беришини айтди - бу пул ёки камарлар эмас 0 11:16Бугун Жаҳон чемпионатида оғир вазнлиларимиз, хусусан Музаффарбек Тўрабоевнинг чиқишига гувоҳ бўламиз! 0 10:45Фьюри – Жошуа жанги учун чипталар бир соат ичида сотилиб кетди 0

27 fev 17:49
Yangiliklar

Tadbirlar

Vazirlik va idoralarning xotin-qiz xodimlari 6 ta sport turi bo'yicha bahslashdi

Teglar :  Ommaviy sport
Malumki, yurtimizda xotin-qizlarni jismoniy tarbiya va sportga jalb qilish, ular o'rtasida sog'lom turmush tarzini yo'lga qo'yish ustuvor yo'nalishlardan biri hisoblanadi.

Mamlakatimizda sportning ayollarga xos nozik va nafis turlarini rivojlantirish, sport bilan shug'ullanishni aholining kundalik hayot tarziga aylantirish va shu orqali ayollar salomatligini saqlash borasida ko'plab ishlar amalga oshirilmoqda.

Bugun Toshkent davlat moliya instituti sport majmuasida “Sport – nafislik va salomatlik manbai” shiori ostida vazirliklar, korxona va tashkilotlarda faoliyat ko'rsatayotgan ayollar o'rtasida suzish, shaxmat, stol tennisi, badminton, engil atletika va gimnastrada turlari bo'yicha musobaqalar bo'lib o'tdi.

Mazkur sport bayrami Toshkent shahar jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi hamda qator hamkor tashkilotlar bilan birgalikda yuqori saviyada tashkil etildi.

Malumot o'rnida takidlash lozim, hozir mamlakatimizda 3 ming 162 nafar ayol murabbiy qizlarimizni sport bilan shug'ullantirib kelishmoqda. O'zbekistonda o'qishdan va ishdan tashqari vaqtda jismoniy tarbiya va sport bilan shug'ullanuvchi xotin-qizlar 1 million 50 ming 150 nafarni tashkil etadi, shulardan 514 ming 936 nafari esa qishloq joylarda istiqomat qiladigan yurtdoshlarimizdir.

Jismoniy tarbiya va sport bilan shug'ullanayotgan xotin-qizlardan 810 ming 863 nafari umumtalim maktablarida, 10 ming 485 nafari akademik liceylarda, 105 ming 805 nafari kasb-hunar kollejlarida, 11 ming 557 nafari oliy talim muassasalarida, 6 ming 287 nafari mehnat jamoalarida hamda 105 ming 153 nafari boshqa muassasalarda faoliyat olib bormoqda.

Sport bayramida 6 ta sport turi bo'yicha jami 24 ta jamoa 12 nafardan ishtirokchi bilan qatnashdi. Tadbir yakunida barcha ishtirokchi jamoalar tashkilotchilar tomonidan maxsus nominaciyalar bo'yicha rag'batlantirildi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing