So’nggi yangiliklar

18:39U-23 Жаҳон чемпионатида иштирок этадиган эркин, юнон-рум ва аёллар кураши бўйича таркибларимиз маълум 0 18:05Камилла Раҳимова Wuhan Open`да Australian Open чемпионини мағлуб этди 0 17:28Шоҳжаҳон Эргашев энди бошқа бир ўзбекни жангга чақирди 0 16:50"Манчестер Сити" катта жарима эвазига АПЛдан четлатилиш ва совринлардан маҳрум бўлишдан қутулиши мумкин эди 0 16:22"Жошуани боплаб дўппослайман, кейин Усикдан ўчимни оламан". Фьюри боксдан кетиш олдидан режалари ҳақида гапирди 0 15:40"Бундан хурсанд бўламан". Дмитрий Бивол Бетербиев билан трилогияни кутаётганини айтди 0 15:13Магомед Анкалаев UFC унга қандай ҳолатда чемпионлик камари учун жанг беришини айтди 0 14:30"Энди Месси бизники" - "Интер Майами" мураббийи 0 13:46Масвидаль UFC ташкил қилиши мумкин бўлган "энг шов-шувли жанг" қайси эканлигини айтди 0 13:14Расман! Лаша Гуджеджиани билан тўрт йиллик шартнома имзоланди 0 12:39"У 40 ёшдан ошган, аммо мени жангга чорлаяпти. Унга ҳурматим баланд" - Бенавидес Бетербиев ҳақида гапирди 0 12:12Арсен Венгер ФИФА президенти лавозими учун курашда Инфантинонинг рақибига айланиши мумкин — The Times 0 11:45Волкановски ўзига нима мотивация беришини айтди - бу пул ёки камарлар эмас 0 11:16Бугун Жаҳон чемпионатида оғир вазнлиларимиз, хусусан Музаффарбек Тўрабоевнинг чиқишига гувоҳ бўламиз! 0 10:45Фьюри – Жошуа жанги учун чипталар бир соат ичида сотилиб кетди 0

14 okt 10:41
Yangiliklar

Tadbirlar

Vazirlikda “Korrupciya va komplaens nazorat” mavzusida o'quv kursi tashkil etildi

Teglar :  VazirlikO'quv kursi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoev huzurida 2020 yil 30 iyun kuni “Odil sudlovni taminlash hamda korrupciyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida” kengaytirilgan tarzda videoselektor yig'ilishi o'tkazilgan edi.

Yig'ilishda berilgan topshiriqlarning ijrosini taminlash maqsadida, joriy yil 13 oktyabr kuni Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazi hamkorligida Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tizimidagi tashkilot va muassasalar rahbarlari uchun “Korrupciya va komplaens nazorat” mavzusida o'quv kursi vedeokonferenciya shaklida tashkil etildi.

Unda vazirlik tizimida faoliyat yuritayotgan 200 dan ziyod rahbar kadrlar ishtirok etdi. O'quv kursi davomida Yuristlar malakasini oshirish markazi professor-o'qituvchilari tomonidan O'zbekiston Respublikasi Korrupciyaga qarshi kurashish siyosatining mazmun-mohiyati, Korrupciyaga qarshi kurash to'g'risidagi qonun xujjatlari: xalqaro standartlar hamda milliy qonunchilik, Korrupciyaga oid xuquqbuzarliklar uchun javobgarlik, Davlat organlari faoliyatida “komplaens nazorat” tizimini taminlash mexanizmlari kabi mavzular bo'yicha maruzalar qilindi.

SHuningdek, o'quv kursida aholining huquqiy savodxonligini o'sishi korrupciyaga qarshi kurashda muhim ahamiyatga ega ekanligi, huquqiy savodxonlikning etishmasligi korrupciyaning kelib chiqishiga sabab bo'layotganligi alohida takidlab o'tildi.

O'quv kursi yakuni bo'yicha tinglovchilar o'zlarini qiziqtirgan savollarga tegishli javob oldilar.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing