07 sen 08:11
Yangiliklar
Vazirlikda "o'gay" bo'lib qolgan sport sohasi
Quyidagi tahliliy maqolada echimini kutayotgan mavjud muammolarga to'xtalib o'tamiz.
Turizm va sport vazirligi faoliyat boshlagandan buyon (2021 yil aprel-avgust) 4 oy davomida amalga oshirilgan ishlar tahlil qilinib, Turizm va sport vazirligi tizimi tubdan takomillashtirilmasa, jismoniy tarbiya va sport sohasi, sport talim muassasalari, yillar davomida qilingan mehnatlar natijasi yuzasidan erishilgan yutuqlar, dunyo sportida qo'lga kiritilgan yuksak natijalar, malakali va tajribali kadrlar hamda ularning munosib zaxiralari achinarli ahvolga kelib qolishi mumkin.
Buning uchun bir nechta asoslar mavjud:
Birinchidan, Turizm va sport vazirligi tizimida boshqaruv aparati hamda xodimlari tarkibi asosan turizm sohasi bo'yicha mutaxasislardan tashkil topgan. Sport sohasi bo'yicha mutaxasislar juda kam sonli bo'lib, mavjud o'rinlarning aksariyati (sport talim muassasalari faoliyatini muvofiqlashtiradigan xodimlari) tegishliligi bo'yicha sport bo'yicha vazir o'rinbosari bilan kelishilmasdan nomutaxassis kadrlar hisobidan shakllantirilgan.
Turizm va sport vazirining 5 nafar o'rinbosarlarining 4 nafari hamda 3 nafar maslahatchilari turizm sohasi vakillari hisoblanadi. Juda katta kuch va mehnat talab etadigan sport sohasi bo'yicha atigi 1 nafar o'rinbosar mavjud. Qani adolat?
Qolaversa, Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahar hokimlarining tegishli o'rinbosarlari - Turizm va sport bosh boshqarmalari boshliqlari ham sport sohasidan deyarli xabari bo'lmagan kadrlardan tayinlangan. Ular ham sport sohasiga etibor qaratmaydi (qiziqmaydi, tushunmaydi).
Tuman (shahar) turizm va sport bo'limlarining aksariyatiga bugungi kunga qadar (4 oydan buyon) rahbarlar tayinlanmagan.
Taqqoslash uchun, sobiq Jismoniy tarbiya va sport vazirligida uch nafar o'rinbosar ham sport mutaxasislaridan iborat jamoa Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish maqsadida birgalikda faoliyat olib borgan.
Jismoniy tarbiya va sport vazirligining mavjud ko'p yillik ish tajribasiga ega malakali bo'lgan sport mutaxasislari Turizm va sport vazirligi tashkil etilgandan keyin turli bahonalar bilan ishdan bo'shatib yuborilgan.
Bizdagi malumotlarga qaraganda, Turizm va sport vazirligi 2021 yil aprel oyida tashkil etilgan bo'lishiga qaramasdan hanuzgacha vazirlik hamda uning xududlardagi bosh boshqarmalarining faoliyatini muvofiqlashtiruvchi, vazifalari va funkciyalarni belgilab beruvchi Nizom tasdiqlanmagan. Hozirgacha vazirlik hamda uning hududlardagi bosh boshqarmalari Nizomsiz faoliyat olib bormoqda. Balki shu sabab hozirda asosiy etibor turizm sohasiga qaratilib, sport sohasi etibordan chetda qolmoqda.
Ikkinchidan, O'zbekiston sport terma jamoasining asosiy zaxirasini etishtirib beradigan Olimpiya zaxiralari kollejlari hamda Olimpiya va milliy sport turlari bo'yicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarida natijadorlik kundan-kunga pasayib bormoqda.
Bunga asosiy sabab, Turizm va sport vazirligi tashkil etilgandan boshlab, Olimpiya zaxiralari kollejlari hamda Olimpiya va milliy sport turlari bo'yicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internatlari sport sohasida umuman tajriba va salohiyatga ega talim yo'nalishiga javob beruvchi o'rinbosar A.Aqqulov nazoratiga o'tkazib berilgan.
Bu mutaxassisning bo'limida sport talim muassasalari faoliyatini muvofiqlashtiradigan birorta ham sport sohasini to'liq tushunadigan, sport mutaxassisligiga ega bo'lgan xodim yo'q.
O'zbekiston Olimpiya terma jamoasining asosiy tarkibi bo'lgan olimpiya chempionlarining 60 foizi - Oksana CHusavitina, Ruslan Nuriddinov, Akbar Jo'raev, Murodjon Ahmadaliev, Hasanboy Do'smatov, Bahodir Jalolov va boshqa ko'plab sportchilar Olimpiya zaxiralari kollejlarining bitiruvchilari (bu natijaga erishishda Olimpiya zaxiralari kollejlarining hissasi katta) hisoblanadi. Bundan ko'rinib turibdiki aksaryat Olimpiya o'yinlari sovrindorlari mazkur sport talim muassasasidan sport mahoratlari (bazalari) shakllantirilgan.
“Tokio-2020” Olimpiya o'yinlariga 17 ta sport turi bo'yicha 71 ta licenziyani qo'lga kiritigan sportchilarning 35 nafari (50%) Olimpiya zaxiralari kollejlarining bitiruvchilari hisobiga to'g'ri keladi. O'zbekiston Respublikasida 15 ta Olimpiya zaxiralari kollejlarida jami 7000 nafar o'quvchi-sportchilar sport bilan shug'ullanadilar. SHundan 2000 nafardan ortiq o'quvchilari O'zbekiston sport terma jamoalari azosi hisoblanadi.
SHu bilan birga Olimpiya zaxiralari kollejlarining asosiy vazifalari sportchi-yoshlarni respublika va xalqaro musobaqalarda ishtirok etishlari uchun sport zaxirasini terma jamoalar tarkibiga tayyorlash hamda yosh sportchilarni istiqlol g'oyalariga sadoqat, vatanparvarlik va fidoyilik ruhida tayyorlash, ularda o'z Vatani uchun faxrlanish va milliy madaniy-tarixiy ananalarni hurmat qilish tuyg'usini shakllantirishdan iboratdir.
Bundan ko'rinib turibdiki, O'zbekiston milliy terma jamoalarining asosiy qismi Olimpiya zaxiralari kollejlarida tahsil olayotgan sportchilar hisobidan shakllantiriladi.
Iqtidorli sportchilarni tanlash, tayyorlash uchun birinchi navbatda, sport talim muassasalarini to'liq o'rganib, sportchilarni qabul jarayonlarini yuqori saviyada o'tkazish talab etiladi. Vaholanki, O'zbekiston davlat Jismoniy tarbiya va sport universiteti, Olimpiya zaxiralari kollejlari hamda Olimpiya va milliy sport turlari bo'yicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarining 2021/2022-o'quv yili uchun o'quvchilar qabuliga sport sohasiga masul vazir o'rinbosari bilan kelishilmasdan, etiborsizlik va sovuqqonlik bilan yondashildi.
Jumladan, qabul jarayonlariga sport federaciyalari jalb etilmadi, kasbiy (ijodiy) imtixonlar vazirlik tomonidan umuman nazoratga olinmadi. Qabul kvotalari monitoringi hududlarning ixtisoslashuvi, yani, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-5924-sonli qaroriga muvofiq, sportning (ustuvor, istiqboldagi, rivojlanayotgan) turlari bo'yicha hamda sport talim muassasalarining sport turlarining erishgan yutuqlari va terma jamoalarga etkazib bergan sportchilarini hisobga olmadi. Qabul kvotalari hech qandan tahlillarsiz to'g'ridan-to'g'ri, tegishliligi bo'icha sport sohasi bo'yicha masul vazir o'rinbosari bilan kelishilmasdan tasdiqlanib berildi.
Uchinchidan, Bolalar va o'smirlar sport maktablari, Olimpiya zaxiralari kollejlarining moddiy-texnika bazalarining saqlanishi, sport jihozlari bilan taminlanishi, Turizm va sport vazirligi tomonidan markazlashgan holda amalga oshirilishi belgilangan.
Muhtaram Prezidentimiz tomonlaridan o'tkazilgan yig'ilishlarda bir necha bor sport jihozlarini markazlashgan holda xarid qilish tartibi tanqid qilinib, ushbu maqsadlar uchun ajratilgan mablag'larni hududlarga taqsimlab berish bo'yicha bergan topshiriqlari ijrosi ham to'liq bajarilmay kelinmoqda.
Turizm va sport vazirligi 2020-2021-yillarda Bolalar va o'smirlar sport maktablari, Olimpiya zaxiralari kollejlarining moddiy-texnika bazalarining saqlanishi, sport jihozlari bilan taminlanishi yuzasidan chora-tadbirlar deyarli amalga oshirilmadi. 2021 yilning 9 oyi davomida Turizm va sport vazirligi tomonidan sport jihozlari xarid qilinmadi, sport talim muassasalariga sport jihozlari berilmadi.
Hozirgi kunda sport talim muassasalariga jami 379 730 nafar o'quvchi-sportchilar sport bilan muntazam shug'ullanishlarni inobatga olganda, mavjud jihozlar manan eskirgan bo'lib mashg'ulotlarda (maksimal darajada) foydalanish imkoni yo'q.
Olimpiya zaxiralari kollejlari o'quvchilarini ovqatlantirish hamda xo'jalik xizmatlarini autsorsing shartlari asosida amalga oshirish ishlari umuman etibordan chetda qoldirildi. 2021/2022-o'quv yili yakunlari bo'yicha sport talim muassasalarining natijalari monitoring qilinmadi. O'quv yilida yo'l qo'yilgan xato va kamchiliklar aniqlanib, yangi o'quv yilida ushbu kamchiliklarni takrorlamaslik yuzasidan choralar ko'rilmadi.
To'rtinchidan, Tokio-2020 sport musobaqalarida erishilgan natijalarning asosiy sababi bu, oldingi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo'mitasi hamda Jismoniy tarbiya va sport vazirligining sport sohasidagi mehnatining mahsuli hisobidan erishildi.
2021 yil davomida Respublika miqiyosida o'tkazilayotgan sport musobaqalari va o'quv-mashg'ulot yig'inlari soni kamaytirildi (balki pandemik vaziyat inobatga olingandir).
Xalqaro sport musobaqalari va o'quv-mashg'ulot yig'inlari uchun mablag' mavjud bo'lsa-da, Turizm va sport vazirligining byurokratik tizimi xodimlari har-xil bahonalar bilan, etarlicha mablag'lar mavjud emasligi ro'kach qiliib, sportchilarning sport musobaqalari va o'quv-mashg'ulot yig'inlarida ishtirok etishlariga to'sqinlik qilinmoqda.
jismoniy tarbiya va sport muassasalariga davlat byudjetidan ajratilgan mablag'larning asosiy qismi ish haqiga sarflanib, sport tadbirlari kalendar rejasi, sport jihozlari, bino va inshootlarni tamirlashga etarli mablag' ajratilmasdan kelinmoqda;
Ushbu holat haqli ravishda sport federaciyalari, terma jamoalar bosh trenerlarining etirozi hamda noroziligiga sabab bo'lmoqda.
Sportchilarning Olimpiya o'yinlari, jahon hamda Osiyo chempionatlarida muvafaqiyatli ishtirok etishlari uchun ichki musobaqalar tizimli ravishda o'z vaqtida yuqori saviyada o'tkazilishi talab etiladi. O'tkaziladigan sport musobaqalari ham barchasi birdek uyushqoqlik bilan amalga oshirilayotgani yo'q.
O'zbekiston chempionati sport musobaqalarini o'tkazish bo'yicha Turizm va sport vazirligining tegishli buyruqlari chiqarilmagan, bazi bir sport turlari bo'yicha 6 oy, 1 yil davomida 1-2-3-o'rinlarni egallagan sportchilarning diplom va medallari, sport musobaqa bayonnomalari berilmasdan kelinmoqda. Masalan, baydarka va kanoeda eshkak eshish sport turidan o'tkazilgan bu yilgi O'zbekiston chempionatida sportchilar diplom va medallar bilan taqdirlanmadi. Sportchi tinimsiz mehnat qiladi, endi yutuqqa erishib munosib taqdirlannishga kelganda taqdirlanmasa, bu sportchining ruhiy sinishiga olib keladi. Qani motivaciya?
Agarda Jismoniy tarbiya va sport sohasiga hozirdan etibor kuchaytirilmasa yoki tubdan takomillashtirilmasa, 2024-yil Parij (Franciya) shahrida o'tkazilishi rejalashtirilgan 33-yozgi Olimpiya o'yinlari hamda keyingi Olimpiadalarga O'zbekiston terma jamoasi, Tokio-2020 sport musobaqalarida erishilgan natijalarni qayd eta olmasligi, xatto 71 ta licenziya, 5 ta medalni qo'lga kiritishi ehtimoli ham so'roq ostida qoladi. Bu bilan 2021-yil 13-avgust kuni Prezidentimiz tomonidan belgilab berilgan ustvor vazifalar bajarilmay qoladi.
Bitta vazirlikda ikkita ko'p qirrali, turizm va sport sohalarining birlashtirilishi istiqbolli sportchilarni saralash tizimini takomillashtirish samaradorligini yuksaltirish imkonini bermaydi.
Misol tariqasida oladigan bo'lsak, qo'shni Qozog'iston Respublikasida 2014 yilda Madaniyat va sport ishlari vazirligi qo'shib tashkil etilgan, shu munosabat bilan Qozog'iston terma jamoasining sportchilari Tokio-2020 Olimpiya o'yinlariga samarali va puxta tayyorgarlik ko'rishlari uchun etarli etibor qaratilmaganligi natijasida yon qo'shnilarimiz umumjamoa hisobida 83-o'rin bilan kifoyalanishdi.
Beshinchidan, joylarda yoshlar orasidan iqtidorli sportchilarni tanlab olish (selekciya) ning samarali va shaffof tizimi deyarli mavjud emasligi, terma jamoalar tarkibini sifatli to'ldirish uchun sport zaxirasini shakllantirish va yuqori malakali sportchilarni tayyorlashni taminlashga to'sqinlik qilmoqda.
Turizm va sport vazirligi sport federaciya va associaciyalari bilan o'zaro hamkorlikni yaxshi yo'lga qo'yilmaganligi sababli ayrim sport federaciya va associaciyalarning masullari o'z xizmat vazifalariga masuliyat bilan yondashmayaptilar, bazi terma jamoalarning bosh trenerlari sportchilarni nufuzli (Osiyo, jahon chempionatlari hamda Olimpiya o'yinlariga) sport musobaqalariga tayyorlash uchun etarli malaka va ko'nikmalarga ega emasliklari yaqqol ko'rinmoqda.
Sport tizimiga kadrlarni tayyorlash sohasidagi kamchiliklar bugungi kunga qadar bartaraf etilmaganligi sababli trener kadrlar etishmovchiligi kuzatilmoqda, sport talim muassasalarida faoliyat yuritayotgan jami 13 587 murabbiyning 5430 nafari yoki 40 foizini o'rta maxsus malumotli mutaxassislar tashkil etmoqda;
Xususan, hozirgi kunda Prezidentimizning tashabbuslari bilan kundan-kunga barcha sohalar kabi sport sohasi ham rivojlanib, imkoniyatlar oshib, yaxshilanib borayotgan bir vaqtda, yangi tashabbus va g'oyalarni ilgari surish, zamonaviy ish uslublarini joriy etish asosiy maqsadimiz bo'lishi zarur.
Eng achinarlisi, Turizm va sport vazirining iqtidorli sportchilar hamda sport sohasiga etiborsizligi tufayli Prezident qarorida belgilangan sportchi-o'quvchilarni oliy talim muassasalariga imtiyozli qabul qilinish tartibi bekor qilinib, 2070 nafar sportchi va ularning ota-onalarning qattiq etirozlariga hamda iqtidorli bo'lgan yosh avlodning sportga bo'lgan qiziqishlari, umidlari so'nishiga sabab bo'ldi. Ayrim iqtidorli sportchilar qora ishlarda ishlash uchun xorijiy davlatlarga chiqib ketdi.
Sport sohasini rivojlantirish va yuksaltirishda Turizm va sport vazirligi asosiy masul hisoblansada, tizimga birlamchi yondoshib, asosiy etiborni turizm sohasiga qaratayotganligi sababli, sport sohasi hozirgi kunda islohatga muhtoj bo'lmoqda, Sport vazirligini alohida vazirlik sifatida qayta shakllantirish zarurligi Turizm va sport vazirligining 4 oylik faoliyatidagi mavjud holatdan ham ko'rinib turibdi.
Fikrlar
Колаверса спортни туризимга боглаш жуда нотугри, спорт хамма сохада булиши керак.
1. Хар бир вилоятда халк таълими бошкармаси хузурида;
2. Хар бир вилоят И.И.Бошкармаси хузурида;
3. Хар бир вилоят харбий булинмаси хузурида;
4. Хар бир вилоят хокимлиги хузурида;
5.Хар бир вилоят Касаба уюшмалари кошида зудлик билан алохида, алохида Болалар ва усмирлар спорт мактаблари очилиши керак ва уз вазирликлари хузурида бир йилда бир марта саралаш мусобакалари булиши керак.
30 йилдан ортик тренерлик тажрибам бор, лекин хеч качон хозиргидек холатга тушганим йук, охирги икки йилдан бери БУСМ дан мусобакалар ёки укув машгулот йигини учун маблаг ажратилмади.
Узбекистон кубоги ва Узбекистон чемпионатларига ота оналар ёки узимизни пулимиздан бораябмиз, келиб хисобот топширгандан кейин икки уч ойдан кейин хизмат сафари пулини олаябмиз.Бу кетишда кейинги олимпиададан факат ногирон спортчиларимиз медаль олишади холос.
Параолимпия спортчиларимиз ютугига тасанно айтаман , лекин ногирон спортчиларимиз ортидан мактаниш аёл кишини оркасидан мактанишдан хам пасткашлик деб биламан.
Колаверса спортни туризимга боглаш жуда нотугри, спорт хамма сохада булиши керак.
1. Хар бир вилоятда халк таълими бошкармаси хузурида;
2. Хар бир вилоят И.И.Бошкармаси хузурида;
3. Хар бир вилоят харбий булинмаси хузурида;
4. Хар бир вилоят хокимлиги хузурида;
5.Хар бир вилоят Касаба уюшмалари кошида зудлик билан алохида, алохида Болалар ва усмирлар спорт мактаблари очилиши керак ва уз вазирликлари хузурида бир йилда бир марта саралаш мусобакалари булиши керак.
30 йилдан ортик тренерлик тажрибам бор, лекин хеч качон хозиргидек холатга тушганим йук, охирги икки йилдан бери БУСМ дан мусобакалар ёки укув машгулот йигини учун маблаг ажратилмади.
Узбекистон кубоги ва Узбекистон чемпионатларига ота оналар ёки узимизни пулимиздан бораябмиз, келиб хисобот топширгандан кейин икки уч ойдан кейин хизмат сафари пулини олаябмиз.Бу кетишда кейинги олимпиададан факат ногирон спортчиларимиз медаль олишади холос.
Параолимпия спортчиларимиз ютугига тасанно айтаман , лекин ногирон спортчиларимиз ортидан мактаниш аёл кишини оркасидан мактанишдан хам пасткашлик деб биламан.
Колаверса спортни туризимга боглаш жуда нотугри, спорт хамма сохада булиши керак.
1. Хар бир вилоятда халк таълими бошкармаси хузурида;
2. Хар бир вилоят И.И.Бошкармаси хузурида;
3. Хар бир вилоят харбий булинмаси хузурида;
4. Хар бир вилоят хокимлиги хузурида;
5.Хар бир вилоят Касаба уюшмалари кошида зудлик билан алохида, алохида Болалар ва усмирлар спорт мактаблари очилиши керак ва уз вазирликлари хузурида бир йилда бир марта саралаш мусобакалари булиши керак.
30 йилдан ортик тренерлик тажрибам бор, лекин хеч качон хозиргидек холатга тушганим йук, охирги икки йилдан бери БУСМ дан мусобакалар ёки укув машгулот йигини учун маблаг ажратилмади.
Узбекистон кубоги ва Узбекистон чемпионатларига ота оналар ёки узимизни пулимиздан бораябмиз, келиб хисобот топширгандан кейин икки уч ойдан кейин хизмат сафари пулини олаябмиз.Бу кетишда кейинги олимпиададан факат ногирон спортчиларимиз медаль олишади холос.
Параолимпия спортчиларимиз ютугига тасанно айтаман , лекин ногирон спортчиларимиз ортидан мактаниш аёл кишини оркасидан мактанишдан хам пасткашлик деб биламан.