07 may 00:16
Yangiliklar
Boks/MMA

Vazn qila olmagan CHarlz Oliveyraning taqdiri malum. UFC rasmiy bayonot berdi...
Bir necha daqiqa avval engil toifasida UFC kamari sohibi CHarlz Oliveyra vazn o'lchash marosimida belgilagan 70,3 kg vazni qila olmadi.
Bu holat bo'yicha UFC rasmiy bayonot bilan chiqdi. Unga ko'ra braziliyalik jangchidan kamar tortib olinadi. Agar u yakshanba tongida g'alaba qozonsa ham chempionlik kamaridan mahrum bo'ladi va kamar vakant bo'lib qoladi. Agar chempionlik jangida Getji g'alaba qozonsa, unga chempionlik kamari taqdim etiladi. SHuningdek, endilikda sobiq chempion o'z gonoraridan 20 foizini ham Getjiga o'tkazib beradi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar