So’nggi yangiliklar

22:18Емельяненко, Махачев ва бошқалар. Самбо бўйича Жаҳон чемпионати олдидан матбуот анжумани ташкил этилди (ФОТОГАЛЕРЕЯ) 0 19:49Сабирханга ўзбекистонлик нокаутчидан узоқроқ бўлиш тавсия этилди 0 17:29ММА афсонаси Фёдор Емельяненко ва амалдаги UFC чемпиони Ислам Махачев Тошкентга етиб келди + ФОТОРЕПОРТАЖ 0 16:36UFC Илия Топуриянинг қайтиш муддатини маълум қилди 0 16:05Ноябрь ойидаги ўртоқлик учрашларимизнинг бошланиш вақтлари маълум 0 15:34Байсангур Сусуркаев Дамиан Пинас билан жангини тасдиқлади 0 15:03Бобур Абдулазизов Octagon 93 турнирида иштирок этади 0 14:32Дана Уайт Махачевнинг жангдан воз кечишининг сабабини айтди 0 14:01Суперлига. Бугун 27-турга старт берилади 0 13:30Дакар-2026 Олимпиадасида бугун 3 нафар ўзбекистонлик баҳсларга киришади 0 12:59Уайлдер қайтмоқда. У Фьюри - Жошуа жанги андеркардида рингга чиқади + ПОСТЕР 0 12:28Ҳумоюн Бегмуратов — Жаҳон чемпиони! 0 11:56Sofascore. Ҳусанов яна бир бор ҳимоядаги шериклари орасида энг яхшиси 0 11:25Богдан Гусков: "Уиттакер кўчадан келган болакай эмас!" 0 10:54Полина Кудерметова Chennai Open 1/4 финалига йўл олди 0

25 apr 08:02
Yangiliklar

Velosport

"Velosiped sporti faxriylari" musobaqasi o'tkaziladi

Teglar :  Velosport
4 may kuni O'zbekiston velosiped sporti federaciyasi "Velosiped sporti faxriylari" nomli musobaqa o'tkazadi.

Mazkur turnir O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar hokimligi, O'zbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qo'llab-quvvatlash "Nuroniy" jamg'armasi, Fuqarolarning o'zini-o'zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo'yicha Respublika Kengashi bilan hamkorlikda o'tkazilmoqda.

Ushbu musobaqa o'tkazilishidan asosiy maqsad keksa avlod vakillarini ijtimoiy hayotdagi faolligini oshirish, sport faxriylari misolida sog'lom turmush tarzini targ'ib etish, velosiped sporti turini ommalashtirish, kundalik hayotda velosipeddan foydalanish orqali jismoniy chiniqish va ekologiyani asrashdan iboratdir.

Malumot uchun, musobaqa 2018 yil 4 may kuni Toshkent shahri,"Paxtakor" markaziy stadionida soat 10-00 boshlanadi. Toshkent shahar va Toshkent viloyatida istiqomat qiluvchi 50-65 yoshdagilar va 65 yoshdan katta barcha sport faxriylari va faxriylar ishtirok etishlari mumkin.


O'zbekiston velosiped sporti federaciyasi matbuot xizmati

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing