So’nggi yangiliklar

17:21"Манчестер Юнайтед" "Тоттенхэм" юлдузи учун "Ливерпуль” билан баҳслашади 0 17:00Oeiras Ladies Open. Полина Кудерметова финалда! 0 16:39Бугун Тошкентда Mangu 2 турнири ўтказилади 0 16:18Сергей Фомин — Shymkent Challenger чемпиони! 0 15:57"Челси" 60 миллион еврога дарвозабон сотиб олиши мумкин 0 15:36Ислам Махачев Гэррига: "Шартнома кутяпман!" 0 15:15Рико Верхувен: "Усик билан жангда тарихни қайта ёзаман" 0 14:54"Биз сени кутяпмиз, малика!" – Иан Гэрри Махачевга кескин мурожаат қилди 0 14:33"Милан" юлдузини сотмоқчи, унга Европанинг ТОП клубларидан қизиқиш бор 0 14:12Боксчимизнинг Дана Уайт Лигасидаги илк жанги анонс қилинди + ПОСТЕР 0 13:51Махачев — Моралес жангининг қачон ўтказилиши айтилди 0 13:30Дэвид Бенавидес Сауль Альваресни қўрқоқликда айблади 0 13:09Германия тарихидаги энг яхши футболчилар рейтинги тузиб чиқилди 0 12:58Нодирбек Якуббоев — Freestyle Friday ғолиби! 0 12:37Хамзат Чимаев Ронда Роузи танқидига "ответ" қилди 0

08 sen 19:19
Yangiliklar

Velosport

Velosport bo'yicha musobaqaga start berildi

Teglar :  Velosport
Xabaringiz bor, mamlakatimizda karantin talablari yumshatilgach, boshqa sohalarda bo'lgani kabi jismoniy tarbiya va sport bo'yicha ham keng ko'lamli islohotlar qaytadan yo'lga qo'yildi.

Jumladan, shu kunlarda respublikamizning barcha hududlari bo'ylab Vatanimiz Mustaqilligining 29 yilligiga bag'ishlab bir qator sport turlari bo'yicha musobaqalar tashkil etilmoqda.

Bugun, 8-sentyabr kuni velosport bo'yicha musobaqa start olmoqda. Etiborlisi, velopoygachilar karantin davridan so'ng ilk bor shosseda o'zaro bellashadilar. 

Musobaqaning bugungi bahslarida sportchilar yakkalik poyga bo'yicha musobaqalashadi. Reglamentga ko'ra, yakkalik poygalar barcha yosh toifalarida 20 km masofada bo'lib o'tadi.

Ertaga esa velosportchilar guruh poygasi bahslarida kim eng kuchli ekanligiga oydinlik kiritishadi. Guruh poygasida erkaklar o'rtasidagi bahslar 83 km masofada, ayollar o'rtasidagi bahslar esa 41 km masofada o'tkaziladi.

Musobaqa Toshkent viloyatining Bo'stonliq tumanida bo'lib o'tmoqda.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing