15 jan 18:00
        Yangiliklar	
	
				
				    Velosport			    
				 
				
			 
				Velosport bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi Osiyo chempionatiga BAA mamlakatida tayyorgarlik ko'radi
O'zbekiston velosiped sporti federaciyasi tomonidan sportchilarimizni xalqaro sport musobaqalariga munosib tayyorlash va ularga zarur shart-sharoitlar yaratib berish maqsadida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.
			Jumladan, O'zbekiston velosiped sporti federaciyasi hamda Birlashgan Arab Amirliklari velosport federaciyasining o'zaro hamkorlik memorandumida har ikki terma jamoa sportchilari o'rtasida o'quv-mashg'ulot yiginlari tashkil etish belgilangandi.
Unga kura, joriy 
yilning 14 yanvar kuni velosport bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi 
sportchilari va murabbiylar shtabi o'quv-mashg'ulot yig'inlarini  o'tkazish uchun
 BAAga jo'nab ketishdi. Mazkur yig'in 2018 yil fevral oyida o'tkaziladigan 
Osiyo CHempionatiga tayyorgarlik vazifasini o'tab beradi.  
    
Malumot uchun, "2018 
Asian Road & Para Cycling Championships" Osiyo chempionati musobaqasi 
shosse yo'nalishida erkaklar, ayollar va yoshlar o'rtasida joriy yilning 6-12 
fevral kunlari Myanmada, 16-20 fevral kunlari esa trek yo'nalishida 
Malayziyaning Kuala-Lumpur shahrida tashkil etiladi.
            Havola            :         
                    Manba                : olympic.uz
             
			
Fikrlar