27 jan 13:49
Yangiliklar
Velosport. Toshkent viloyatida yig'in boshlandi
Mashg'ulotlar Toshkent viloyatining tog'li hududlari Bo'stonliq tumani, shuningdek Parkent va CHirchiq shahrida o'tkazilmoqda.
Ushbu mashg'ulotlarda terma jamoamiz azolaridan Doston Ollamov, Rustem Sultanov, Alla Bezuglova, Jahongir Dormonov, Akrom Sunnatov hamda Respublika Olimpiya zaxiralari kollejining velosport-shosse yo'nalishida talim olayotgan o'smirlar, murabbiy Aziz Abdurahimov boshchiligida ishtirok etishmoqda.
Mazkur o'quv-yig'in mashg'ulotlari o'tkazilishidan ko'zlangan asosiy maqsad istiqbolli yoshlarni saralab olish, ularning malakasini oshirish va pirovardida milliy terma jamoa safiga kuchli sportchilarni etkazib berish hamda joriy yilning 26 fevralidan 2 mart kuniga qadar velosport-shosse yo'nalishi bo'yicha Xalqaro toifadagi sport ustasi YU.Pominov xotirasiga bag'ishlangan Respublika turnirida munosib ishtirok etishdan iboratdir.
Mazkur turnirda O'zbekiston terma jamoasidan tashqari Rossiya Federaciyasi va Qozog'iston terma jamoalari ham ishtirok etishi kutilmoqda.
Fikrlar