29 iyu 13:35
Yangiliklar
Velosport

Velosportchi Nafosat Kozieva AQSHdagi nufuzli turnirda ishtirok etdi
Los-Anjeles shahrida velotrek bo'yicha UCI tasnifiga kiruvchi C2 klassidagi Summer Slam xalqaro musobaqasi o'z nihoyasiga etdi.
Unda milliy terma jamoa azosi Nafosat Kozieva ishtirok etib, o'zi uchun muhim bo'lgan reyting ochkolarini jamg'ardi.
Xususan, hamyurtimiz 6-blok poygalari doirasida chiqarib yuborish va ochko yig'ish poygalarida beshinchi, skretch yo'nalishida esa to'rtinchi natijani ko'rsatdi. Malumot uchun, mazkur turnir CHili davlatida o'tadigan jahon chempionati yo'lllanmasi uchun qimmatli reyting ochkolarini taqdim etmoqda.
Havola :
Manba : t.me/cycling_uz
Fikrlar