16 iyu 12:18
Yangiliklar
Velosportchilarimiz "Giro d'Italia Womens" nufuzli ko'p kunlik poygasidagi ishtirokini yakunladi
Umumiy 876.7 km masofani o'z ichiga olgan 8 ta bosqichli poygada "Lidl-Trek" klubi azosi Logo Borjini g'alaba qozondi.
Turnirning kuchli beshligi:
1. Longo Borjini ("Lidl-Trek")
2. Lotte Kopetski ("Team SD Vorks - Protaym")
3. Neve Bredbarri ("Kanyon//SRAM Reysing")
4. Pauliena Royjakkers ("Feniks-Deceuninck")
5. Julette Labus ("Tim dsm-firmenich PostNL").
Eslatib o'tish joiz, musobaqaning oltinchi bosqichi doirasida O'zbekistonning "Tashkent City Womens Professional Cycling Team" jamoasining to'rt nafar azosi - Nafosat Kozieva, Margarita Misyurina, Mohinabonu Elmurodova hamda Madina Qahhorova poygadan chetlatilgan edi. Undan oldin esa Asal Rizaeva diskvalifikaciyaga uchragan edi.
Ettinchi bosqichda esa afsuski, qolgan ikki sportchimiz — Olga Zabelinskaya va Yanina Kuskova ham poygani yakunlay olmadi.
SHu tariqa, "Tashkent City Womens Professional Cycling Team" velosipedchilar jamoasi nufuzli "Giro d'Italia Womens" musobaqasini so'nggi, sakkizinchi bosqichdan oldin yakunladi.
Fikrlar