26 fev 12:05
Yangiliklar
Velosport

Velosportchilarimiz Osiyo chempionatida yana bir medalga ega chiqishdi
Nilay shahri (Malayziya)da velosportning trek yo'nalishi bo'yicha kattalar, yoshlar va parasportchilar o'rtasidagi Osiyo chempionati davom etmoqda.
Turnir doirasidagi beshinchi kungi bellashuvlar O'zbekiston terma jamoasi uchun muvaffaqiyatli o'tdi.
Boisi, ayollar o'rtasida tashkil etilgan medison dasturida milliy terma jamoa azolari Nafosat Kozieva hamda Asal Rizeva kuchlilar qatorida bo'ldi va hisobimizga navbatdagi medalni qo'shib qo'ydi.
Oltin: Yumi Kajixara/Tsuyaka Uchino (Yaponiya)
Kumush: Li Sze Ving/Leung Ving E (Hongkong)
Bronza: Nafosat Kozieva/Asal Rizaeva (O'zbekiston).
SHu tariqa, Nafosat hamda Asal terma jamoamiz uchun musobaqa doirasidagi beshinchi medalni taqdim etdi. Ayni damda hisobimizda 2 ta oltin va 3 ta bronza medali bor.
Havola :
Manba : velosport.uz
Fikrlar