11 dek 16:50
Yangiliklar
Velosport
Velosportchilarimiz Osiyo chempionatiga jiddiy tayyorgarlik ko'rmoqdalar
Xabaringiz bor, 2019 yilning aprel oyida yurtimizda velosportning shosse yo'nalishi bo'yicha Osiyo chempionati bo'lib o'tadi.
Ana shu musobaqaga munosib tayyorgarlik ko'rish maqsadida, shosse bo'yicha terma jamoamiz azolari shu kunlarda Toshkent viloyatining G'azalkent shahrida o'quv-mashg'ulot yig'inlari olib bormoqdalar. Terma jamoamizning 16 nafar sportchisi murabbiy YU.Abrekov boshchiligida 20 dekabrga qadar yig'in o'tkazadilar.
Eslatib o'tamiz, shosse bo'yicha Osiyo chempionati kelasi yilning 22-28 aprel kunlari Toshkentda o'tkaziladi. Bahslarda qitamizning 40 ga yaqin davlatidan 600 nafardan ziyod velosportchi ishtirok etishi kutilmoqda. Ushbu Osiyo chempionati Tokio 2020 Olimpiadasiga licenziya taqdim etuvchi musobaqa hisoblanadi.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar